Смотреть в Telegram
4-mavzu O‘ZBEKISTON – MINTAQANING LOKOMOTIV MAMLAKATI Bugungi kunda O‘zbekistonda 35 milliondan ortiq aholi hamjihatlikda yashab kelmoqda. Aholi soni va uning o‘sishi bo‘yicha O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Yurtimiz hududidan Markaziy Osiyoning eng katta daryolari – Amudaryo va Sirdaryo oqib o‘tadi. Serquyosh Vatanimizning yerlari serunum, resurslarga boy. 1991-yilning 31-avgustida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinib, xalqimizning muqaddas, tarixiy orzusi ushaldi. Istiqlol yillarida mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishi ta’minlanmoqda. Har bir davlatning transport-logistika tizimi mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida yetakchi o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoning o‘rtasida joylashganligini inobatga olib, hukumatimiz rahbariyati transport-logistika tizimini yanada shakllantirishga, yo‘l qurilishiga alohida e’tibor berib kelmoqda. Mamlakat hududlarini hamda xalqaro yo‘l tizimini yangidan, muqobil variantlarda shakl¬lantirishga ko‘p miqdorda investitsiya sarflanmoqda. Xalqaro standartlarga mos transport-logistika tizimini to‘liq shakllantirsak, tranzit yuk tashishdan ham ko‘plab daromad olishimiz mumkin. Mamlakatimizda temiryo‘l qurish jadal sur’atlar bilan rivoj¬lantirilmoqda. Qisqa davr ichida Buxoro – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha 300 kilometrdan ortiq temiryo‘l, Toshkent – Farg‘ona vodiysi bo‘yicha 350 km temiryo‘l barpo etildi. Xalqaro darajadagi loyiha bo‘yicha Afg‘onistonga 110 km uzunlikda, ya’ni Surxondaryo – Hayraton – Mozori Sharif temir yo‘li qurib bitkazildi. O‘zbekiston dunyo bo‘yicha suv yo‘liga ega bo‘lmagan davlatlardan bittasi. Ushbu holat transport tizimidagi eng katta muammo hisoblanadi. Kelajakda Afg‘oniston orqali Karachi portiga chiqish loyihasi muhokama qilinmoqda. Umuman olganda, transport-logistika tizimini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yetakchi davlatlardan hisoblanadi. Turkmaniston va O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy aloqalari oxirgi besh yilda jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Iqtisodiyot, fan, kadrlar tayyorlash hamda madaniy sohada bo‘layotgan ijobiy munosabatlar alohida e’tiborga loyiq. Savdo aylanmasi 2017-yil 177 million dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichni 500 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Qo‘shni Afg‘oniston mamlakati bilan iqtisodiyot, madaniyat va min-taqada tinchlik-osoyishtalikni saqlash borasida hamkorlik qilinmoqda, afg‘on xalqiga moddiy, ma’naviy yordam berilmoqda. Ushbu mamlakat bilan tovar aylanmasi 2020-yilning birinchi yarmida 332,9 million dollarga teng bo‘ldi. Kelajakda bu hamkorlikni yanada kengaytirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Yuqorida qayd etilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, O‘zbekistonni o‘zining ishlab chiqarish potensiali, imkoniyatlari, barqaror iqtisodiy o‘sishi, xalqining ijodkorligi va tadbirkor¬ligi, ma’naviy va ma’rifiy salohiyati hamda tinchlikparvarligi bilan Markaziy Osiyoda lokomotiv mamlakat desa bo‘ladi. O‘zbekistonda qabul qilinayotgan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish ushbu holatni yanada mustahkamlaydi. O‘tmishga nazar solsak sobiq ittifoq davrida, hatto mustaqillikning dastlabki yillarida ham O‘zbekiston xom-ashyo yetkazib beruvchi agrar mamlakat edi. Yalpi ichki mahsulot tarkibi¬ning 33 foizi qishloq xo‘jaligi ulushiga, 14 foizi esa sanoat tarmog‘i hissasiga to‘g‘ri kelardi. Bugungi kunga kelib, sanoat ulushi 34 foizni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari esa 16–17 foizni tashkil qiladi. Endi O‘zbekiston agrar emas, balki sanoati rivojlanayotgan industrial mamlakatga aylandi.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств