Смотреть в Telegram
#nimadir Partner nega kerak yohud nima sababdan oila quriladi? Yoki oila faqat muhabbat va jismoniy yaqinlikmi? Aslo yo’q. Munosabatlar aslida murakkab narsa emas. Biz, smertniylar uni murakkablashtiramiz. Munosabatlar aslida, juda oddiy. Shunchaki siz ochiqlikni bilishingiz - partneringizni ya’ni o’z tanlovingiz hurmat qilib unga yolg’on gapirmasdan shaffof yashay olishingiz kerak. Ikki inson birgalikda yaqin va uzoq reja/maqsadlar tuza olishi, birgalikda qo’l ushlaganda shu maqsadlarga erishishi maroqli narsa. Har holda shunday bo’lsa kerak. Masalan, pul yig’amiz birga, mana shu bayram yoki otpuskimizda qayerdadir dam olamiz, bu oylikdan bolaga bunday narsalar olamiz, unisidan esa uy uchun jihoz olamiz deyish, shunga birgalikda erishish qiziq. Bo’lsa kerak, bilmadim. Birgalikda o’sish, qandaydir yangi til o’rganish, karyera qilish - bu prezident administratsiyasidan ish degani emas. Aslo. Shunchaki hunardmanlik bo’lsa ham shunda qo’nim qilib, tajriba to’plashi, o’z ustida ishlashi kerak. Deb o’ylayman. Afsus hamma munosabatlar ham unday emas. Hamma munosabatlarda ham shaffoflik yo’q. Yolg’onlar ko’p. Hamma munosabatlarda ham ikki tomon ham o’sishni istamaydi. Afsus deyman. Shu sabab partner tanlayotganda birgalik maqsadlar qo’ya olishga e’tibor berish muhim ekan. Birgalikda bir yo’lni istayapsiz yoki yo’q, aniqlab olish kerak. Toki ertangi hayotda faqat bir tomon tinimsiz harakat qilib, narigi tomondan yolg’on va hech narsa qilmaslikni ko’rib, xafsala pir bo’lmaguncha @mahinsworld
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств