Смотреть в Telegram
#nimadir ancha bo'libdi. quloqda quloqchin, barmoqlar kompyuter klavishlarida shunchaki nimalardir, balki kechinma, balki qabldagilar, balki ong oqimida kelayotganlarni yozmaganimga. ancha bo'libdi. sevgan musiqamni tinglamay qo'yibman. shunchaki uchragan ko'chalarda tentiramaganimga. sevgan qo'shig'imni xirgoyi qilgancha, yerdagi barglarni qo'limga olib qaramaganimga. ancha bo'libdi. o'zimni tinglamay qo'yganimga. tabiatan depressiv, noluvchi menimni eshitmay qo'yganimga. bu safar qanday hislar qalbimda o'tayotganini so'ramay qo'ymaganimga. ancha bo'libdi. ko'zimni yumgancha xayol surmaganimga. shirin bir xayollar og'ushida mast bo'lmaganimga. o'ylaganimga, miyamda bo'lgan-bo'lmagan ssenariylar tuzmaganimga. o'zimga-o'zim uzundan-uzun monologlarni aytmaganimga. ancha bo'libdi. asar qahramonlari bilan gaplashmay qo'yganimga. qahramonlar dardini so'ramaganim, o'zimniki ham uniki bilan o'xshash ekanini aytmaganimga. qaynoq kakao ichgancha suhbatlashmaganimga. ancha bo'libdi. boshqalarnikiga o'xshamgan telba hayotim bor ekanini. yo'q, telba hayot emas. unda yashovchi telba men ekanimni eslaganimga. o'zgalarnikidan o'zga bir olamim bor ekanini unutganimni, tan olmanimga. ancha bo'libdi. chinakamiga yashaganimga. ancha. bo'libdi. ancha. bo'libdi. ancha @mahinsworld
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств