#book_review
Bu dunyoda hamma ham dinamik, qiziqarli, shovqinli va ranglar to’la hayot kechirmaydi. Odatiy insonlarning hayoti bir tekis - oila, uy va ish, orada do’stlardan iborat bo’ladi. Bugungi review ana shunday hayot egasi Stoner haqida.
Qishloqda katta bo’lgan bolaga kunlardan bir kun ota-onasi Universitetda o’qishi kerakligini, Qishloq xo’jaligi yo’nalishida ta’lim olib, qaytib ularga qarashishi kerakligi aytishadi. Qahramonimizning ishqi esa universitetda adabiyotga tushadi. Aynan ana shu yerdan asarning eng go’zal joylari boshlanadi.
Bir tekis kechadigan “zerikarli” hayotning egasi bo’lmish Stonerda uni sevmaydigan xotini, uy va sevimli ishi bor edi. Ammo bilasizmi, uning hayotidagi adabiyot, so’zlar shunday bir o’rin olgandiki o’qib lol qolasiz. Balki ichimda bir tugallanmagan adabiyotshunos yashashigadir adabiyotga oid joylarini qayta-qayta o’qidim (ishoning hali ko’p qayta o’qiyman). Zerikarli hayotidagi muhabbat hikoyasida ham adabiyot yotadi. Bu joylaridagi tub burilishda uni na ayblay olasiz va na nimadir deya olasiz. Lom qolgancha kuzatasiz.
Asar muallif tomonidan hikoya qilinadi. Stoner unday qildi, bunday qildi tariqasida aytiladi. Xuddiki muallif sizga kechqurun ertak, qissa o’qib berayotgandek his qoldiradi. Jimgina eshitasiz. Diqqatingizni hech narsaga bo’lmaysiz.
Qisqa qilib aytganda siz go’zal so’zlar, adabiyot qiziq bo’lsa bilingki asar siz uchun. O’qing.
@mahinsworld