Смотреть в Telegram
​​#book_review Ushbu kitob bilan qiziq bir hikoyam bor (o'zi ko'p holda tanlagan kitoblarim ortida hikoyalarim yotadi). Bundan ancha yillar avval, 2018-yilda kitobni ingliz tilida sotib oldim, used ya'ni o'qilgan versiyasini (kitobni esa afsus uydan topa olmayapman hozircha). O'qiyman deb doimgidek ortga surdim, doimiy Mahinchilik. Kitob do'konlarida qarardim, ichidagi illustratsiyalarni tomosha qilardim va ikkilanib ketaverardim. Dekabr oxirida "bo'ldi, o'tiraman va shu kitobni o'qiyman", deya o'zimga buyruq berdim. O'tirdim. O'qiy boshladim. Boshida haqiqatda ancha betlarida zerikdim. Bola tiliga moslasha olmadimmi yoki muallif yozish uslubiga, bilmadim. Ammo, 30-foizidan keyin ipsiz bog'ladi va oxir-oqibat shunday joylari bo'ldiki rosa yig'ladim. Rosa gapni aylantirdim a? Kitobga qaytsak, kitobning nomi Jonathan Safran Foerning "Extremely Loud and Incredibly Close". Kitob o'ziga 2-jahon urushi bombardimoni, 9/11 voqealari, postravma, javobsiz muhabbat va bolakayning otaning isini qidirishini o'ziga qamrab oladi. Kitobning bosh qahramoni Oskar Shell – o'n bir yoshli o'smir – o'quvchini o'zining o'ziga xos qahramonligi va sezgirligi bilan jalb etadi. Otasini 11-sentabr fojiasida yo'qotgan bolakay o'zining ichki dunyosida g'am-anduh, quvonch va qiziqishni uyg'unlashtirgan. U otasidan qolgan sirli kalitni va bu kalit ochadigan eshikni topishga bel bog'laydi. Bu kalitning kitobdagi timsoli otasini yo'qotgan farzandni otasi haqidagi zarradek bo'lsa-da xotirasini, isi hamda iforini izlashi, uni taniydigan, otasi haqida hech bo'lmasa ikki so'z ayta oladigan insonni izlab topish edi. Foerning yozuv uslubi bu kitobda ayniqsa ajralib turadi. Matnda Oskarning ichki monologi, suratlar, she'rlar va xatlar bir-biriga o'ralashib, hikoyaga ko'p qatlamlilik bag'ishlaydi. Bu nafaqat syujetni, balki hissiy holatni ham yanada ta’sirli qilishga xizmat qiladi. Ikkinchi jahon urushi va 11-sentabr voqealari asarda ikki xil tarixiy kontekstni taqdim etadi. Ikkinchi jahon urushi davomida boboning guvohi bo'lgan Drezdendagi bombardimonlar insoniyat tarixidagi eng dahshatli voqealardan biri sifatida tasvirlanadi. Bu voqea boboning ichki dunyosida chuqur jarohat qoldiradi va uning sukut saqlash odati – gapirishni bas qilishi – shaxsiy travma va dunyo bilan bo'lgan aloqasini uzishi ramzi sifatida xizmat qiladi. Boboning yozuvsiz xatlari esa insoniyatning dardini ifodalashdagi ojizligini ta'kidlaydi. Hayot juda qisqa, biz o'zimizni izlab yillarimizni yo'qotishimiz, yillarimizni yo'qota turib esa yaqinlarimizning diydoridan ham mosuvo bo'lishimiz mumkin. Kitob ana shu haqda. O'qib chiqing, yig'lmaslikka urining. Bilaman buni iloji bo'lmaydi. @mahinsworld
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств