Arab tilidagi bog'lovchilar haqida
🔴 Teng boglovchilar
Teng bog'lovchilarga:
“
...وَ- va”, “
...فَ - keyin”, “
ثُمَّ - keyin” kabilar kiradi va gaping ikki bo'lagini bog'lash uchun xizmat qiladi.
Masalan: دَخَلَ مَحْمُودٌ وَعُمَرُ فَجَلَسَا ثُمَّ المُعَلِّمُ
(🪑 Mahmud va Umar kirib o'tirishdi, so'ngra muallim kirdi.)
🔴 Zidlov bog'lovchilar
Zidlov bog'lovchilariga: “
لاَ - emas”, “
بَلْ - emas”, “
لَكِنْ - lekin” kabilar kiradi va uyushgan bo'laklardan birini zidlashga xizmat qiladi.
Masalan: مَا جَاءَ زَيدٌ بَلْ عُمَرُ
(🙅🏻♂️ Zayd emas, balki Umar keldi.)
🔴 Ayiruv bog'lovchilar
Ayiruv bog'lovchilarga: “
أَوْ - yoki”, “
أَمْ - yoki”
(so'roq gaplar uchun), “
وَإِمَّا... إِمَّا - yoki,...yoki” kabilar kiradi va uyushgan bo'lakni bittasini ajratib ko'rsatish uchun ishlatiladi.
Masalan: أَتَشْرَبينَ قَبْلَ النَّومِ لَبَنًا أَوْ عَصِيرًا؟
(🍶 Uyqudan avval sut yoki sharbat ichyapsanmi?)
Arab tilida bog'lovchilar haqida "ozginagina" bo'lsa ham bilish kerak ma’lumotlar bular
✅
@arobiyya_uz | #grammatika