Bir kuni bir ayol ikki nabirasini markazga arab tili o'qishi uchun olib keldi. U ayolning yoshi taxminan 65 - 68 atrofida edi. Ikki nabirasi arab tili o'qiy boshladi. Men u ayolga siz o'qisangiz sizga bepul deb majburlab o'qitdim u ayol juda ixlos muhabbat bilan o'qiy boshladi. Lekin nabiralari o'qimas va dangasalik qilar edi. Oradan bir yil o'tdi bu ikki bola darsdan chetlashtirildi lekin onaxon davom etdi xozirda eng oldi o'quvchilarimdan biri.
Ha, gohida bir kishi kimgadir yaxshilik qiladi asli o'zi uchun bo'ladi.
Onaxon ham nabiralariga yaxshilik qilgan edi aslida o'zi uchun qilgan ekan......
Har birimizning yaxshiligimiz aslida o'zimiz uchun...
📕 Fe'lning alomatlari. 🔹 Fe'lning alomati boʻlib, moziy fe'li uchun xos boʻladi. " ت " " فَقَالَتْ هَلْ أَدُلُّكُمْ " U " sizlarni yaxshilikka dalolat qilaymi " dedi
🔹 Fe'lning alomati boʻlib, muzore fe'li uchun xos boʻladi. " س " " سَيَقُولُ السُّفَهَاءُ مِنَ النَّاسِ " Insonlardan esi pastlari aytadi.
🔹 Fe'lning alomati boʻlib, muzore fe'li uchun xos boʻladi. " سَوْفَ " " سَوْفَ نُصْلِيهِمْ نَارًا " Ularni olovga kirgizamiz.
🔹 Feʼlning alomati boʻlib, moziy va muzoreda ham ishtirok etadi. " قَدْ "
🔸 Moziyda 2 hil ma'noda keladi : 1⃣ Yaqin uchun: " قَدْ قَامَت الصلاة " Namozga oz qoldi. 2⃣ Haqiqatdan boʻlganini bildirish uchun: " قَدْ اَفْلَحَ الْمُؤْمِنُونَ " Darhaqiqat moʻminlar muvaffaqiyat qozondi.
🔸 Muzoreda 2 hil ma'noda keladi : 1⃣ Ozaytirish uchun: " قَدْ يَصْدُقُ الْكَذُوبُ " Yolgʻonchi oz boʻlsa ham toʻgʻri gapiradi 2⃣ Koʻpaytirish uchun: " قَدْ يَفْعَلُ التَّقِيُّ الْخَيْرَ " Taqvodor yaxshilikni koʻp qiladi.
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️#dastur#tartib ⚡️ Qur'onni 1 yilda yodlash uchun mukammal reja
Allohning kalomini yodlashni niyat qildingizmi? Sizga 1 yil ichida🗓️ Qur’onni oson va samarali yodlash uchun maxsus tayyorlangan muhim rejali dasturni taqdim etamiz! Bu reja sizga:
✅Qur’onni muntazam tartibda yodlashni o‘rgatadi. ✅ Kunlik, haftalik va oylik vazifalarni aniq belgilaydi. ✅ Yodlangan oyatlarni takrorlash tartibini o'rgatadi. ✅ O‘rganish jarayonini barqaror va muvaffaqiyatli qilishga yordam beradi.
Allohdan madad so'rang va Qur’onni yodlash safarini boshlang!
Faylni yuklab oling,sifatli qog'ozda kitobcha holida chiqarib oling. Alloh bu ulug‘ niyatingizda bardavom va savobli qilsin!
⚡️“Qur’onni yodlagan va unga sabachi bo'lgam kishining maqomi Allohning huzurida oliydir!”
🟣 الذكر قبل الوضوء : " بسْم اللّه " Tahoratdan oldingi duo : " bismillah "
🟣 الذكر بعد الوضوء : Tahoratdan keyingi duolar :
🟢 أشهد أن لا إله إلّا اللّه وحْده لا شريك له Allohdan oʻzga iloh yoʻqligiga va u yakkayu yolgʻiz sherigi yoʻq ekanligiga guvohlik beraman. 🟢 و أشْهد أنّ محمّدا عبده و رشوله Va Muhammad sallollohu alayhi vasallam u zotning quli va elchisi ekanligiga guvohlik beraman. 🟢اللّهمّ إجعلني من التوّابين و إجعلني من المتطهرين Allohim meni tavba qiluvchilardan va poklanuvchilardan qilgin. 🟢 سبْحانك اللّهمّ و بحمْدك ، لا إله إلّا أنْت ، و أستغْفرك و أتوب إليْك Allohim sen pokdirsan va senga hamdlar boʻlsin, Sen yakkayu-yolgʻizsan, Sendan gunohlarimni kechirishingni soʻrayman va senga tavba qilam.
📚 التَّعَابِيرُ الشَّائِعَةُ في الْمُحَادَثَةِ الْعَرَبِيَّةِ 📚 Arab soʻzlashuvidagi keng yoyilgan iboralar. 🟢 🇸🇦الْجَوُّ رُبَّمَا يَخْتَلِفُ أحْيَانَا مِنْ مَكَانٍ لِآخَرَ 🇺🇿 Ob-havo ba'zan bir joydan boshqa joyda farq qiladi. 🇸🇦الطَّعَامُ رُبَّمَا يَخْتَلِفُ أحْيَانَا مِن مَكَانٍ لِآخَرَ 🇺🇿 Taom ba'zan bir joydan boshqa joyda farq qiladi. 🇸🇦 الْمَلْبَسُ رُبَّمَا يَخْتَلِفُ أحْيَانَا مِن مَكَانٍ لِآخَرَ 🇺🇿 Kiyim ba'zan bir joydan boshqa joyda farq qiladi.
🟢 🇸🇦مَازَالَ الْمَطَرُ يَنْزِلُ حَتَّى الْآنَ 🇺🇿 Hozir ham yomgʻir davomiy yogʻmoqda. 🇸🇦مَازَالَ الطَّالِبُ يَدْرُسُ حَتَّى الْآنَ 🇺🇿 Talaba hozir ham oʻqishni davom ettirmoqda. 🇸🇦مَازَالَ الْعَمَلُ مُسْتَمِرًا حَتَّى الْآنَ 🇺🇿 Ish hali ham davom etmoqda.
🟢 🇸🇦 هُوَ يَعْمَلُ آنَاءَ اللّيْلِ و أطْرَافَ النَّهَارِ 🇺🇿 U kechayu - kunduz ishlaydi. 🇸🇦الطَّالِبُ يُذَاكِرُ آنَاءَ اللّيْلِ و أطْرَافَ النَّهَارِ 🇺🇿 Talaba kechayu - kunduz oʻqiydi. 🇸🇦 اُذٍْكُرِ اللّهَ آنَاءَ اللَّيْلِ و أطْرَافَ النَّهَارِ 🇺🇿 Allohni kechayu - kunduz zikr qil.