Смотреть в Telegram
Xaridor haqida (2/2) Paynet – Oʻzbekistondagi eng yirik toʻlov operatorlaridan biri boʻlib, 18 yildan beri fintex sohasida faoliyat yuritadi. Paynet 2005 yili Botir Arifjonov tomonidan tashkil etilgan. Keyinchalik u kompaniyasini davlatga sotishga majbur boʻlgan. 2022 yil avgust oyida Davaktiv Uzpaynet'dagi 100% ulushni sotuvga qoʻygan. Ammo oʻtgan yilning aprel oyida tasodifan maʼlum boʻldiki, Uzpaynet'ning taʼsischisi allaqachon oʻzgargan. Davaktiv balansidagi 100% ulush New Industrial Technologies kompaniyasiga oʻtkazilgan, lekin bu eʼlon qilinmagan. Yaʼni, Paynet'ning oʻzi xususiylashtirilishi yashirincha amalga oshirilgan. "New Industrial Technologies" MChJ 2019 yil aprel oyida roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, uning ustav kapitali 273,56 milliard soʻmni tashkil etadi. Aprel oyida kompaniya taʼsischilarining 60% ulushiga chet el fuqarosi Aleks Li ega ekani koʻrsatilgan, 40% ulush esa Mustafa Oʻrazboevich Abdurahmonovga tegishli boʻlgan. Mustafa Abdurahmonov shuningdek, Asia Alliance Bank'ning asosiy aksiyadori boʻlgan Asia Alliance Group kompaniyasining 77,6% ulushiga ega. Bugungi kunda kompaniyaning yagona egasi sifatida Mustafa Abdurahmonov qayd etilgan. Nega bu muhim? Humo xususiylashtirilishi shaffoflik va bitim shartlari boʻyicha jiddiy savollarni keltirib chiqarmoqda. Hujjatlarning ochiqligi, tanlov shartlari, baholash va mablagʻ manbalari haqidagi maʼlumotning yoʻqligi jarayonning adolatli boʻlganiga shubha uygʻotmoqda. Bu mamlakat iqtisodi va investitsion muhit uchun uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xalqaro investorlarni jalb qilish uchun strategik aktivlarni shaffof sotish Oʻzbekiston uchun muhim. Shu bilan birga, byudjetni toʻldirish boʻyicha shaffof va samarali bitimlar alohida ahamiyatga ega. @latipovuzb
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств