“Korzinka” BMTning “Ayollar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish tamoyillari” (WEPs) dasturiga qo‘shildi
Kompaniya har yili BMTning “Gender zo‘ravonlikka qarshi faollashuv 16 kunligi” global tashabbusida qatnashadi. “Korzinka” 2024- yildagi kampaniya doirasida BMTning Gender tenglik va ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish loyihasi (UN Women) va BMTning biznesning ijtimoiy mas'uliyati rag‘batlantirish global shartnomasi (United Nations Global Compact)ning qo‘shma tashabbusi – Ayollar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish tamoyillari (WEPs)ni qabul qilgan va imzolagandi.
“Korzinka” WEPs hamjamiyatiga qo‘shilar ekan, ushbu dolzarb mavzuga sodiqligini va ish joyida adolatli, xavfsiz, teng imkoniyatlarni ta'minlovchi muhitni yaratishga tayyor ekanini eng yuksak maqomda e'lon qiladi.
“Korzinka” va O‘zbekistondagi “BMT Ayollar” vakolatxonasi hamkorligi doirasida xodimlarning “Lola” ayollar klubida uchrashuvlari, xodimlar o‘rtasida tamoyillarni ilgarilatish va barcha darajalarda gender masalasining axborot qo‘llab-quvvatlovi rejalashtirilgan.
Batafsil: https://korzinka.uz/uz/news/weps?id=3823
Telegram |
X |
LinkedIn