Boshlang’ich kopiraytingda uchraydigan 3 xato
Sohaga endi kirib kelayotgan kopirayterlar ko’pincha bir xil xatolarni takrorlaydi. Imlo va punktuatsion kamchiliklar, sarlavhani to’g’ri qo’llamaslik shular jumlasidan. Lekin yana shunday xatolar borki, buni eslatib o’tish zarar qilmaydi.
Ortiqcha ma’lumotlar qo’shish shart emas
Matn xaridorni birdaniga “ushlab” qolishi kerak. Hozirgi zamonda odamlar uzun matnlarni o’qishga vaqt sarflashni xohlamaydi. Qisqalik va aniqlik bo’lmasa, shunchaki o’tkazib yuborishlari ham mumkin. Shuning uchun matnni uzun va ma’lumotlarga boy qilishga shoshilmang. Ortiqcha so’zlar ham shart emas. Kerakli va birinchi darajali ma’lumotlarni keltirib o’ting.
Ishonchsiz ma’lumotlar keltirmang!
Matn o’quvchi yoki xaridorlarni jalb qilishi uchun o’zingizdan to’qima ma’lumotlar qo’shmang. Sotuv matni uchun ma’lumotlarni olgach, mijoz bilan kelishib oling. Ishonchsiz manbalardan foydalanmang. Muhimi, yozayotganingiz qadriyatlaringizga mos kelsin.
Ishni mijozga topshirishdan oldin qayta tekshiring
Hech qachon shoshqaloqlik qilmang. Matnni mijozga yuborishdan oldin qayta tekshiring va tahrirga muhtoj joylarini to’g’rilang. Endi ish boshlagan kopirayter tajriba yig’gunicha matnni qayta-qayta o’qishi tavsiya qilinadi. Birgina nuqta yoki vergul ham sizning keyingi ishingizga ta’sir qilishi mumkin.
📝Kopirayterlar yana nimalarga e’tibor berishi kerak deb o’ylaysiz?