7 yil yetarli, siz xohlagan hayotga erishish uchun.
Yaqinda yil sarhisobini yozgan edim, keyin o‘ylanib qoldim.
Nega aynan yilni sarhisob qilamiz. Kunni yoki oyni emas. O‘zim uchun topganim javobim, umrimiz davomida yillar miqdori oz. Oylar ko‘p, kunlar esa cheksiz ko‘rinadi.
O‘rtacha yashash yoshi 70 yosh bo‘lsa, sizda atiga 70 ta imkoniyat bor, sarhisob yozgani.
Maqsadlarga erishish uchun esa sarhisob qilinadigan yillarni 7 ta sanay oldim.
Sababi 23 yoshda mustaqil bo‘lib yetarlicha daromad topishni boshlaganingizda ham, 30 yoshgacha siz xohlagan hayotga erishishga ulgurishingiz kerak deb o‘ylayman.
Sababi 30 yoshdan keyin katta risk olishingiz, qimmat moshina xarid qilishingiz yoki yangi ish boshlashingiz katta ehtimol bilan qiyin bo‘ladi.Shunday ekan, atiga 7 marta sarhisob yozish imkoni berilganda, eng yaxshi natijalar yozishga harakat qiling.
7 yil davomida, har yilni 2 barobar yaxshilay olsangiz, daromadingiz 7-yili boshidagiga nisbatan 64 barobar ko‘p bo‘ladi.
Ya’ni hozir yiliga 10.000$ topsangiz va har yili oldingi yildan xulosa chiqarib 2 marta yaxshiroq natija ko‘rsata olsangiz, 7-yilgi daromadingiz 640.000$ bo‘lar ekan.