💥"Aqlli" metall – Nitinol haqida eshitganmisiz?💥
Nitinol – bu nikel va titandan iborat qotishma bo‘lib, xotira effektiga ega. Bu metallning xususiyati shundaki, u egilib, shakli o‘zgartirilgandan keyin yana o‘zining asl holatiga qaytadi.
🧪🧪🧪🧪🧪🧪🧪🧪🧪🧪🧪🧪
Masalan, nitinolni sovuq holatda bukib, isitilganda yana dastlabki shakliga qaytarishingiz mumkin. Buning sababi, nitinol atomlari ma'lum haroratda o‘zining kristall tuzilmasini tiklashga intiladi.
⚗⚗⚗⚗⚗⚗⚗⚗⚗⚗⚗⚗
Ushbu metall tibbiyotda (stentlar, breketlar), robototexnikada va hattoki o‘yinchoqlar yaratishda ishlatiladi. Bu qotishma "aqlli materiallar" deb ataladigan innovatsion texnologiyalar sohasida juda muhim hisoblanadi.
@kimyoustasi