EVEREST viloyatlardagi manzillari launchi qanday ko'rinishda bo'ladi? Qanday qadamlar ketma-ketligida manzillar ochiladi?
Kamina buni quyidagicha tasavvur qildim:
Birinchi qadam - manzil ochmoqchi bo'lgan viloyat va shahar ahliga yangi manzil ochish uchun ularning shaharlari tanlangani haqidagi yangilikni e'lon qilamiz!
Ikkinchi qadam - aynan o'sha shaharda Ingliz tili va IELTS yo'nalishlarida ustoz sifatida faoliyat yuritayotgan yoki karyerasini endi boshlashni niyyat qilib turgan kadrlardan o'z shaharlaridagi EVEREST yangi manzilida ishlash istaklari bo'lsa bizga murojaat qilishlarini so'raymiz!
Uchinchi qadam - bizga murojaat qilib recruitment anketasini to'ldirgan kadrlarning har biri bilan kamina telefon orqali suhbat qilaman! Suhbat jarayonida aynan o'sha kadrni EVEREST jamoasiga qo'shilishi masalasini hal qilaman va yangi manzil jamoasini qurib chiqaman!
To'rtinchi qadam - ishga qabul qilingan viloyat manzilimiz jamoasini EVERESTdagi faoliyatlariga tayyorlaymiz! Bu imkon bo'lgan hollarda Toshkentga kelib EVEREST manzillarida stajirovka o'tish ko'rinishida bo'ladi, bu caseda potencial hodimimiz EVEREST Toshkentdagi manzilida birorta tajribali ustozimiz mentorligida ham o'qiydi, ham o'ziga mos pozitsiyada ish bilan band bo'ladi! Toshkentga kelish imkoni bo'lmagan holarda esa, masalan, kandidat viloyat universitetlarida talaba bo'lsa, tayyorgarlik jarayoni mixed bo'ladi! Kaminani o'zi o'sha viloyatga borib, birorta gostinicada turib kadrlar uchun traininglar tashkil qilaman! Bu bilan parallel tarzida kadrlarni ularga masofaviy zadaniyelar berib, online teacher training sessions olib boradigan, EVEREST ta'lim dasturi va ishlash principlarini yaxshilab o'rgatadigan, kerak bo'sa kadrni IELTS natijasini ham ko'tarib beradigan Toshkentdagi tajribali ustozlarimiz birortasiga bog'laymiz va obdon tayyorlaymiz!
Beshinchi qadam - tanlangan shaxarda EVEREST bo'lajak manzili uchun ideal bo'lgan nuqtalarda bino qidirishni boshlaymiz! Potencial bino egalari bilan muzokaralar olib boramiz va yangi manzil jamoasini jarayonga podklyuchat qilamiz!
❗️E'tibor bering, beshinchi qadam uchinchi qadam - jamoa yig'ilganidan so'ng kadrlarni tayyorlash jarayoni bilan parallel tarzida olib boriladi! Birinchi joy tanlab binoni tayyorlash jarayonidan boshlamayotganimizniyam sababi shu aslida! Biz kadrlar bilan uzoq suhbatlar jarayonida potencial bozorni yaxshilab o'rganmoqchimiz! Buni o'sha shaxarga borib qo'ylanib aylanib yurish ko'rinishida emas, tochkasiga uradigan savollar berib masofadan qilmoqchimiz, xullas! O'sha shahardagi bozor kartinasini suhbatlardan so'ng aniq bilib olgach, EVEREST armiyasidagi lashkarboshilarni, kamina qo'mondonligida olib boramiz va aniq lokatsiyani tanlaymiz!
Oltinchi qadam - yangi manzil qurilishi boshlanadi! Bu jarayon EVEREST SOLUTION TEAM bir guruh vakillari nazorati ostida, qurilish brigadamiz tomonidan shoshilmasdan amalga oshiriladi! Buniyam o'ziga yarasha strategik ketma-ketligi bor aslida! Bu ketma-ketlikni auditoriya bilishi shart emas, luchshe uni pirovard natijasini tomosha qilasiz, Xudo xohlasa! Manzil qurilishi uning jamoasini tayyorlash jarayoni bilan parallel tarzda olib boriladi!
Yettinchi qadam - yangi manzil ochilishi arafasida Toshkentdan 9.0er va uzoq tajribaga ega EVEREST ustozlari delegatsiyasi o'sha shaxarga tashrif buyurishadi! Viloyatdagi faoliyat yuritayotgan yoki bo'lajak Ingliz tili ustozlari, IELTS instruktorlar va imtihonni topshirish arafasidagi kandidatlar uchun 9.0er marafonlar, master classlar, traininglar va panellar tashkil qilinadi! Buni viloyatlardagi yoshlar ishlari agentliklari, universitetlar va prezident maktablari bilan hamkorlikda olib bormoqchimiz, nasib!
(continued below)
@everestuzbekistan
💬 Telegram | 📹 Instagram