Смотреть в Telegram
Namoz – sizni Allohga yaqinlashtiruvchi kalit Aziz opa-singillarim, hayotingizda namozni boshlashni orzu qilib, ammo qadam qo‘yishga qo‘rqayotgan bo‘lsangiz, bilingki, bu hissiyot Allohning sizga bergan hidoyat nashidasidir. Namoz – bu qalbni poklovchi, hayotni o‘zgartiruvchi va oxiratni obod qiluvchi ibodatdir. Namozni boshlash uchun mukammal bo‘lish shart emas. Faqatgina qalbingizdagi ixlos va Allohga bo‘lgan muhabbatingiz yetarli. Har birimiz kichik qadamdan boshlaymiz. Faqat bir bor sinab ko‘ring. Harakat qilganingizda Allohning rahmatini va kuch-quvvatini his qilasiz. Hayotingizni namoz bilan bezash orqali: Ruhingiz tinchlik topadi. Allohning himoyasini va barakasini his qilasiz. Yuragingizda sevgi va muhabbat jo‘sh uradi. Agar hali ham boshlab ulgurmagan bo‘lsangiz, bu o‘rinda shayton sizni orqaga tortishga urinayotganini biling. Lekin siz kuchlisiz! Allohdan hidoyat so‘rab, qadam tashlang. Hozir o‘rningizdan turing, tahorat oling va go‘zal niyat ila Robbingiz huzurida bosh eging. Bu huzurning lazzatini his etganingizdan keyin, qanday his qilganingizni menga yozib qoldiring. Unutmang, Alloh sizni chaqiryapti, shoshiling, Uning rahmatidan chetda qolmang! #eslatma @khujamovanisa
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств