Смотреть в Telegram
Forwarded from Shaxnoza Hudoynazarovna Alhamdulillah
Assalomu alaykum hurmatli ustoz. O'tgan har bir darsingiz o'zgacha taassurot qoldirdi. Eng avvalo men nima uchun yashayotganimni angladim. Har bir inson o'z-o'zidan sababsiz dunyoga kelmaydi. Hammasi Allohimning inoyati bilan. Hayotda o'z o'rnimni topdim. Sababi tushkunlik, g'am-g'ussadan keyin o'zimni ancha vaqt azoblab yurardim. Hozir bo'lsa, insonlarga kerakligimni, kimlar uchundir aziz insonligimni bilib, hayotga kulib, xursand bo'lib qarayapman. Har bir kunimni rejalashtirishni odatlayapman. Rejali ish-barakali ishdir. Kun tartibiga rioya qiladigan bo'ldim. Dars davomida 8ta kitob o'qidim. Bu atrofimdagi insonlardan bir qadam oldinda ekanimni bildiradi. Ruhim tetiklashdi. O'zimni yanada baxtli his etadigan bo'ldim. Sog'ligim uchun ham dars oldim. Kam yeyishni shior qildim. Ko'p kitoblar o'qidim. Juda zo'r qiziq jarayonlar bo'ldi, dars vaqtida. Biz ham maza qilib kulib oldik. Aytgancha kuratorimiz Nurjahon opa ham juda shirinso'z, bilimga chanqoq ustoza ekanlar. Ular bilan ham samimiy suhbatlar olib bordik. Qiziqarli bookclab da qatnashdik. Yanada yaqindan tanishdik Yana ko'plab olam olam bilimlar oldim. Yozadigan taassurotlarim ko'p . Faqat hamma narsa me'yorida bo'lishi kerak. Ollohimga hamdu sanolar bo'lsin hammasi uchun. Ustoz sizga mingdan ming raxmat. Keyingi ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolaman. Ilmingiz ziyoda bo'lsin. Amiyn Shahnoza Hudoynazarovnadan
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств