Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda "Ayni paytda obodonlashtirish xodimlari ishlayapti. Savol tug‘iladi: tabiatga zarar yetkazmay, obodonlashtirishni iloji yo‘qmikan?" nomli murojaat Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Qarshi shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida obodonlashtirish xodimlari tomonidan olib borilgan ish jarayoni davomida to'planib qolgan chiqindilar yoqib yuborilib, atmosfera havosiga zarar yetkazganlik holati aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK-sining 88-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 375 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati