KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH YO‘LIDA
🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi
T.Yuldashev tomonidan
📍Yangihayot tumani filialida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
📃 Unda dastlab xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida
kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyati, ayni yo‘nalishda qabul qilingan muhim normativ-huquqiy hujjatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasining
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni haqida ma’lumot berildi.
◼️Shuningdek,
🌏 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini amalga oshirish jarayonida poraxo‘rlik, firibgarlik kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berilib, xodimlar ogohlikka chaqirildi.
◼️Bundan tashqari har bir xodim bilan yakka tarzda suhbatlashilib, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz bo‘lish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha toʻxtalib o‘tildi.
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram |
🔵Facebook |
📷 Instagram |
🎬YouTube