Смотреть в Telegram
Sevgi – hali nomi topilmagan rang, Oshiqlar oshiqib moʻyqalam izlar. “Ishqingda devona boʻlaman”, demang, Hozir telbalarni sevmaydi qizlar. Koʻzlaring – yomgʻirda ivigan poʻstin, Sevdingmi, chora yoʻq, olgʻa kurashga! Mening bu qishloqi, toʻpori doʻstim Yaramaydi hatto soat soʻrashga. Sevgi – setorlarga sigʻmagan bir kuy, Ohangi osmondan baland, ziyoda. Dunyoning eng sodda oshiqlari-ey, Uchrashuvga chiqib yurmang piyoda. Mana men, tovusdan chiroyli qizning Oʻgʻirlab yashadim xayollarini. Zulmat qulflangan mudroq xonada Quchoqlab yigʻladim roʻmollarini. Alvido, muhabbat! Alvido, yoshlik! Koʻksimda bir nima kun sayin muzlar. Bir qiz deb bir umr devona boʻldik, Afsus, telbalarni sevmaydi qizlar. Joʻrabek RAMAZON @JorabekRamazon
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств