Viloyatda suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, sohada qonuniylikni ta’minlash qay darajada? Siz istiqomat qilayotgan hududda sug‘orish tarmoqlari-ariq, kanal, zovur, lotoklarning holati talab darajasidami? Fermer, dehqon, tomorqa xo‘jaligingizni sug‘orish uchun imkoniyat bormi?
Ariq va kanallar chiqindilarga to‘lishiga kim aybdor? Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish qoniqarlimi? Viloyatimizdagi kanallar, zovurlarning haqiqiy egasi, ularning holatiga kim javob beradi?
Sizda shu kabi savollar mavjud bo‘lsa, oldindan yoki 2025-yil 25- yanvar, shanba kuni soat 17:00 da jonli tarzda televideniye va radioda efirga uzatiladigan «Ochiq muloqot» ishtirokchilariga savollaringizni telegramdagi
@muloqot_jizzaxbot orqali yo‘llashingiz mumkin.