Hurmatli o‘quvchilar,
Sizlarga mashhur “Schmitthoff: The Law and Practice of International Trade” kitobining o‘zbek tilidagi tarjimasini taqdim etamiz.
Mazkur asarning o‘n ikkinchi nashri – Kerol Myurreyning *"Schmitthoff: Xalqaro savdo huquqi va amaliyoti"* – xalqaro savdo huquqi bo‘yicha yetakchi ilmiy asar bo‘lib, unda tovarlarni sotish, eksportni moliyalashtirish va tashish, sug‘urta, bojxona huquqi hamda uzoq muddatli shartnomalar kabi mavzular keng yoritilgan.
Ushbu darslik “Dentons” xalqaro yuridik firmasi, xususan, Eldor Mannopovning tashabbusi va moliyaviy qo‘llab-quvvatlovi asosida Buyuk Britaniyaning “Thomson Reuters (Professional) UK” LTD roziligi bilan o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
📚 Mazkur darslikdan ARM o‘quv zallarida foydalanishingiz mumkin.
Yangi bilimlar eshigini ochishda ushbu kitob sizga yordam berishiga ishonamiz!