Смотреть в Telegram
Oʻqituvchining qalb faryodi: A T T ESTATSIYA: YO HAYOT,YO MAMOT! Attestatsiya. O‘qituvchi bilimini sinovchi jarayon emas. Asabini sinaydigan jarayon. “Ikki eshik orasi” asarida,asirga tushgan sovet askarlarini nemis fashistlari bir vaksina bilan sinab ko‘radigan jarayon bor edi. Asirga shu ukolni qilsa,qancha muddatda o‘ladi degan sinov edi bu. Attestatsiya -aynan shu bizda. Men savollar qiyin demayapman. Kalitlar ichida chalkashlik bor deyapman. Noroziligim shundan! Darslikda mutloqo bo‘lmagan mavzulardan tuzilgan savollar,bir navoyishunos olimaning ,Dilnavoz Yusupovaning kitobidan keltirilgan g‘azal tabdillari qo‘yilgan. Olima opamiz bir g‘azal sharhi uchun kamida 1 soat vaqt sarflagandirlar. Aslida,Navoyi bayt-misralarini manaman degan olim ham lug‘atsiz tabdil qilolmaydi. O‘qituvchi bir minutda qanday tabdil qilsin?  Xo‘sh?!!! Darslikda berilmagan och qofiya,to‘q qofiya,ichki qofiya,tashqi qofiya...xo‘sh?!! Buning  hisobini kimdan so‘raylik? Menga 5 ta tushdi Navoyi dan! Hammasini bexato ishlabman! Ammo ba'zi savollar  o‘ta mantiqsizlik bilan tuzilgan. Tatami so‘zining ma'nosi nima? Sambo so‘zining ma'nosi nima? “Bir kunlik yoz" hikoyasida qizaloq quyoshni nimaga o‘xshatadi. “Baliqning og‘zi yo‘q, Men baliq emasman. muallifi kim? Yetti xil qotishmadan qurilgan inshoot qaysi. Yevgeniy Onegin she'riy romanidagi bolivar so‘zining ma'nosi nima? Yevgeniy Onegin da u o‘ynagan polyakcha raqsning nomi nima? “Muzqaymoq" hikoyasidagi rus ayolining ismi nima? Hikoyani satrma satr tintib chiqing ham topolmaysiz: chunki ismi keltirilmagan hikoyada. !!!!!!!!!!!!!!!!!! 2022-yilda o‘rta maktablar uchun tavsiya qilingan 10-sinf adabiyot darsligi 2024-yilning 25-oktabrida maktablarga keldi. Ammo,2022-yilning kuzidagi,2024-yilning bahoridagi,2024-yilning kuzidagi  attestatsiya savollarida aynan o‘sha darslikdan ko‘prooq qo‘yildi? Xo‘sh? Yana nimani misol keltiray??? Adabiyot o‘qituvchisi bolaning adabiy dunyoqarashini,badiiy didini va zavqini o‘stiradigan,tilning go‘zalligini o‘rgatadigan shaxs! U adabiyotshunos olim emas-ku? Kimni yasamoqchisizlar adabiyot o‘qituvchisidan??? Ma'lumotlar bazasi emasmiz-ku biz!! Odammiz. Robot ham emasmiz!!! Pedagogik mahorat testlari shunday tuzilganki, tuzuvchilarning o‘ziga shu savollarni qo‘yib,yechib berishini talab qiling-chi,o‘shalarning o‘zi kaliti qani buni deb qoladi. Javob!! Yoki Prezidentning 2024-yil,1-oktabr sanasidagi “attestatsiyadan 86 baldan yuqorisini olgan o‘qituvchiga 70% ustama qo‘shib berilsin” degan nutqidan cho‘chib ketdingizlarmi? Qo‘rqmanglar,janoblar! Buni hali yuz chig‘iriqdan o‘tkazib,“andavalab”, Prezidentimiz aslida bunday demoqchi edilar” deb yo‘lini qilardinglar-ku baribir. 1000$  maoshning ham tartibini o‘ylab topganlaring kabi! Kallalaringga qoyil-ee!! Shu usulga o‘tishning hech keragi yo‘q edi. Maqsad shu bo‘lsa,kerakmas bizga o‘sha 70% ustama!! Asablarimizni ,nafsoniyatimizni bunaqa sinovdan o‘tkazmanglar!! Ijtimoiy tarmoqlardan (Muallif uslubi va imlosi saqlandi)
Telegram Center
Telegram Center
Канал