Nazorat bo'lmasa, sifat bo'lmaydi
Ko'pincha ta'lim bo'yicha «zapusk»larda faqat sotuvga e'tibor qaratiladi. Undan keyingi bosqich, ya'ni o'quvchilarga sifatli ta'lim berish, ularni imtihon qilish va ustozlar ustidan nazorat qolib ketadi.
Shu narsa bizda ham bo'lmasligi uchun Abror Ahmedovning «Digital Expert» kursida bir qancha ishlarni amalga oshirdik:
1. Metodologlar jamoasini 4000$ evaziga ishga yolladik.
2. Yaxshi tayyorlangan va natija bergan darslar bo'lishiga qaramay, barchasini qaytadan, zamonaviy va yanada tushunarliroq uslubda yozishni boshladik.
3. Avval o'qigan va hozir o'qishni boshlagan o'quvchilar bilan suhbatlashib, ularning og'riqlarini o'rgandik.
4. Darslarni nazorat qilish qulayroq bo'lishi, raqamlarni o'lchay olish va chiroyli vizual uchun GetCorse platformasini o'zimizga mosladik. Bu ham 2000$ ga yaqin xarajat bo'ldi.
Qilingan ishlarga qaramay o'quvchilarda muammolar chiqishni boshladi. Shu sabab bugundan o'tilgan barcha modullar uchun imtihon joriy qilyapmiz. Nazoratni yanada kuchaytiryapmiz.
Aytmoqchimanki, yaxshiroq natija bo'lishi uchun faqat xarajatlar va jamoaning o'zi kamlik qiladi. Har kunlik nazorat sifatli va yuqori natijaga olib boradi...
📌 @Iysoxon