Oxirgi bir oy ancha qiyin o'tyapti. SMM bo'yicha kuchli mutaxassisning darslarini yo'lga qo'yyapmiz. Ishlar shu darajada ko'pligidan tun yarimgacha ishlab, uyqu kamayib ketdi.
Natijada odatlarimni himoya qilish nolga tushib qoldi. Yaxshigina charchoq to'plandi. Tarjima bo'yicha bergan va'dalarimni ham bajarolmadim.
Albatta, bularning hammasi bekorga emas. Marketing va sotuv bo'limidagi 20 ga yaqin insonning mas'uliyati zimmamizda. Shu sabab qo'limizdan kelgan hamma ishni qilishga va ko'p narsadan voz kechishga majburmiz.
Undan tashqari bizga ishonch bildirgan o'quvchilarni natijaga olib chiqish uchun kuchli metodologlar jamoasi bilan ishlashni boshladik. Oz qoldi, nasib qilsa, har bir bo'limda qilingan ishlar va xatolarni birma-bir yozaman.
Hozircha ayta olamanki, 2 oy oldin xayolimga sig'dirolmaydigan darajadagi ishlarning katta qismini bajardik, alhamdulillah...
📌 @Iysoxon