🎁 Yangi yil o'yinlari: Baxt bankasi
''Kichkina narsalardan zavqlaning, chunki bir kun ortga qaraganingizda ular katta narsa bo'lganligini tushunasiz."
Robert Brault
🎄 Yangi yil bolalar uchun
eng yaxshi bayramlardan biri hisoblanadi.
Quyidagi o'yin orqali
sinf o‘quvchilarining kayfiyatini ko'tarish, ular bilan do'stona munosabat o‘rnatish mumkin.
Bu amaliy mashg'ulot
Elizabet Gilbert tomonidan ilk bor taqdim etilgan.
Zero,
"Baxt bankasi" texnikasidan dunyoning koʻp mamlakatlarida o‘qituvchilar foydalanishdi.
Mamnuniyat
tuyushning foydali jihatlarini bolaga his qildirish uchun "Baxt bankasi'' yasaladi.
Bu esa yaxshi kayfiyat, yaxshi uyqu, ko‘proq ijobiy odatlarni shakllantirishga yordam beradi.
📚 Mashg'ulotni o'tkazish
Chiroyli qog'oz oling va bolalarga bankaga ularni yil davomida xursand qilgan lahzani aks ettirgan eslatma yozishlarini so'rang.
Bankani qancha ko‘p quvonchli va shukronalik lahzalari bilan to‘ldirsa, shuncha chiroyli chiqishini ayting.
❓Nega o'quvchilar baxt bankasini yaratish kerak?
Chunki ularga 365 kun ichida hech narsa o‘zgarmagandek tuyulishi mumkin, aslida, oʻzi sezmagan ko'plab yutuqlarga ega bo'lgan bo'lishi mumkin: harf tanish, karra jadvalini yodlash yoki katta sinflar IELTS olish uchun ko'plab so'zlarni yodlash, kitoblar o'qish, sport bilan shug'ullanish va hk.
Agar bola
''Baxt bankamga nimalarni qo'shishim kerak?'' deb savol bersa:
Bu Sizning bankangiz, shuning uchun qoidalarni oʻzingiz belgilaysiz, eng baxtli daqiqangiz, minnatdor bo'lgan narsalaringiz, omad, oʻzingiz yoqtirgan sayohatdan chipta qogʻozlari yoki olgan sovg'alaringizni ham qoʻshishingiz mumkin, deb ayting.
❓Baxt bankasi qachon ochiladi?
Istalgan paytda. Ba'zilar uni Yangi yil kuni ochishni yaxshi ko'radilar, boshqalari esa tug'ilgan kun, yubiley yoki hayotdagi barcha yaxshiliklar haqida eslatma kerak bo'lgan istalgan vaqtda ochishni afzal ko'radi.
⚙️ Texnik ko'rsatmalar
Buning uchun sizga banka, qalam va rangli qog'oz kerak boʻladi.
Kanalga ulanish:👇
https://t.center/innovatsionmetodika