O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yil 20-iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan
topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, universitetda mavjud muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha
“Eng yaxshi g‘oya”,
“Eng yaxshi loyiha” va
“Eng yaxshi ixtiro” respublika tanlovining universitet bosqichi o‘tkaziladi.
Tanlovda barcha professor-o‘qituvchilar, talabalar va amaliyotchi muhandislar
(40 yoshgacha) ishtirok etishlari mumkin. Respublikada
1-o‘rin sohibi bo‘lgan
(9 nafar) ishtirokchi
elektromobil bilan mukofotlanadi.
Shuningdek, g‘oya, loyiha va ixtiro muallifi bo‘lgan
2-o'rin sohiblari
eng zo‘r 10 nafar ishtirokchi Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga
(120 kungacha) yuboriladi,
3-o‘rin sohiblari
(9 nafar) BHMning 100 baravari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Tanlovning universitet bosqichida ishtirok istagida bo'lgan talabgorlar quyidagi
link orqali joriy yil 10-fevral sansiga qadar ro‘yxatdan o'tib o'z
g‘oya,
loyiha va
ixtirolari haqidagi ma'lumotlarini yuborishlari talab etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish👉 https://forms.yandex.ru/cloud/6752cd4e90fa7bf44924c86d/Universitet bosqichida
“Eng yaxshi g‘oya”,
“Eng yaxshi loyiha” va
“Eng yaxshi ixtiro” deb e'tirof etilgan ishlar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Tanlovning universitet bosqichini o‘tkazish bo‘yicha
NIZOM bilan quyidagi link orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
NIZOM👉 https://teletype.in/@tiiame.uz/KcqOi14CYRB