Смотреть в Telegram
#Mulohaza Farzand tarbiyasi haqida ✔️Qadimdan xalqimizga xos muhim bir fazilat – farzand tarbiyasiga katta e’tibor ko‘rsatib kelingan. Shu e’tibor negizida oilada sog‘lom insonning dunyoga kelishi, sog‘lom tarbiya ta’sirida ulg‘ayib, kamol topishida ayol, onaning o‘rni beqiyos deb e’tirof etilgan. ✔️Ta’kidlab o‘tish joizki, farzand tarbiyasi, avlod barkamolligi va ushbu faoliyatda ayol zotining, onaning o‘rni, vazifasi hamda mas’uliyati islomning diniy-falsafiy asoslari va manbalarida keng yoritilgan. Sog‘lom insonning shakllanishi, shaxs sifatida o‘sib borishida oilaning o‘rni beqiyos. Shu munosabat bilan islom manbalarida oilaning paydo bo‘lishi va pok insonni tug‘ilishi g‘oyalariga katta e’tibor berilgan. ✔️Ma’lumki, sog‘lom oiladagina sog‘lom farzand voyaga yetadi. Shu sababli, islom urfida farzand tug‘ilganida emas, balki ancha oldin u haqidagi g‘amxo‘rlik va sharafli tashvishlar boshlanadi. Mol-u davlat, go‘zallik, mansab o‘tkinchi, ammo e’tiqod, odamiylik abadiydir. Yaxshi, oqila ayoldan yomon farzand tug‘ilmaydi. Agar buning teskarisi bo‘lsa, shu insonning ham bir bo‘g‘inida ma’lum kamchiliklar bo‘lgan va yuzaga chiqqan bo‘ladi. ✏️Feruza Nizamova, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti 🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3704 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽 🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств