#Ijtimoiy_axborot
❗️ MASHINA MINIB YURGANLARNING BOLALARIGA BOLA PULI TAYINLANADIMI?
⚠️ SAVOL:
Bizni avtomashinamiz boshqa bir odamni nomida, lekin shunday bo‘lsa xam o‘sha avtomashina sababli bizga bolalar puli berilmasligini aytishmoqda. Avtomashinasi boshqa odamni nomida bo‘lganlar xam endi bola puli ololmaydimi?
✅ JAVOB:
Endi emas, mart oyidan beri ushbu tartib amalda ishlab kelmoqda. Vazirlar Mahkamasining 10.11.2023 yildagi 596-son qarori bilan 654-son qarori asosida tasdiqlangan Nizomga bir-qancha o‘zgartirishlar kiritilgan.
✅ Kiritilgan o‘zgartirishlardan biri sifatida 2024 yil 1 martdan boshlab — bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olayotgan oilaning nomiga rasmiylashtirilmagan biroq foydalanuvida bo‘lgan avtotransport vositalari mavjud yoki mavjud emaslik holati masʼul etib belgilangan ijrochilar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilishi, o‘rganish natijalari bo‘yicha shunday holatlar aniqlangan taqdirda ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari berilishi rad qilinishi nazarda tutilgan.
😮 Yaʼni, yuqorida ko‘rsatilgan sanadan boshlab mashina minib yurganlarning bolalariga bolalar nafaqasi berilmaydi. Minib yurilgan avtomashina kimni nomida ekanligi ahamiyatsiz.
📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati