Смотреть в Telegram
💻 Viloyatda “Inson” markazlari xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan 3 kunlik seminar-trening o‘z ishini boshladi "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida “Farovon oila” mavzusida tashkil qilinayotgan trening kun tartibiga muvofiq xodimlarning oilalarni qo‘llab-quvvatlash mezonlari, kambag‘allik tushunchasi, oqibatlari va uning oila aʼzolariga negativ taʼsiri, oilalarga ko‘rsatiladigan psixo-emotsional xizmatlar borasidagi bilimlari oshiriladi. Shuningdek, "Maslou piramidasi", "Muvaffaqiyat zinapoyasi", yoshlarning pozitiv ota-onalik ko‘nikmalarini shakllantirish, oilalardagi kam daromadni asosiy sabablari va resurslarni aniqlash, kambag‘allik muammosini yechishda hamjamiyatning roli kabi mavzularda interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etilishi ham nazarda tutilgan. Bundan tashqari, trening davomida insonlardagi sabr-toqat va moslashuvchanlik, ijtimoiy izolyatsiya va motivatsiya yetishmasligi kabi mavzular ham keys sifatida ko‘rib chiqiladi. Dastlabki o‘quv mashg‘ulotlarda “Inson” markazlarining 9 nafar psixolog va supervayzerlari ishtirok etmoqda. Keyingi bosqichda ular trener sifatida hududlarda ijtimoiy xodimlar uchun seminar-treninglarini tashkil etishi belgilangan. 📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств