Смотреть в Telegram
Ishchi guruhi Navoiy IES investitsiya loyihasi bilan tanishdi Bosh prokuror birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan “Navoiy IES” AJ tomonidan Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” & “Mitsubishi Power Ltd”. kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan quvvati 650 MVt bo‘lgan uchinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish loyihasi bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Ushbu ishlar Davlatimiz rahbarining joriy yil 16-yanvar kuni “Investitsiyalarni keng jalb etish, eksport hajmlarini oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha o‘rganilmoqda. Xususan, Navoiy viloyatida xorijiy investitsiyalar hamda xalqaro moliya institutlari mablag‘lari asosida o‘zlashtirilishi belgilangan 2025-yildagi loyihalarning joriy holati joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda. Jumladan, mazkur loyihaning umumiy qiymati 786,4 mln. AQSH dollarini tashkil etib, joriy yil yakuniga qadar 207 mln. AQSH dollari o‘zlashtirilishi belgilangan. Malumot uchun, mazkur loyiha ishga tushirilishi natijasida yiliga qo‘shimcha 4,8 mlrd. kVt.soat. elektr energiyasi hamda 932 Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Loyiha 2026-yilning oxiriga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Х | Veb-sayt
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств