Huquqiy axborot | Lotin

#Adliya_tabrigi
Канал
Новости и СМИ
Образование
Политика
Право
УзбекскийУзбекистанУзбекистан
Логотип телеграм канала Huquqiy axborot | Lotin
@huquqiyaxborot_lotinПродвигать
6,14 тыс.
подписчиков
3,59 тыс.
фото
183
видео
7,71 тыс.
ссылок
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal. ▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot ▪️|Rus tilida — @pravoinf ▪️|Ingliz tilida — @leginf ▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
#Adliya_tabrigi

Hurmatli Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari!

Sizlarni 26-sentyabr – Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdagi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari ro‘yobga chiqarilishidagi, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini taʼminlashdagi masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Подписаться на канал 👇👇👇
https://t.center/pravoinf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni xalqimizning eng ulug', eng aziz bayrami – O'zbekiston davlat mustaqilligining 33 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Bugungi qutlug' ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik tilaymiz.

YUrtimizda tinchlik bardavom bo'lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Aziz yoshlar!

Sizlarni sevimli bayramingiz, azmu shijoat, go'zallik va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarning chuqur mushohadali, vaziyatni atroflicha tahlil qila oladigan, muammolarga qonun doirasida yechim topishga intiladigan keng fikrli insonlar bo'lib kamol topishingizda tilakdoshmiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz.

Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Hurmatli jurnalistlar!

Sizni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

Siz o‘z qalamingiz bilan yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.

Barchangizni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sog‘liq, oilangizga totuvlik, ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Xonadoningizdan fayzu baraka arimasin. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlovchi muqaddas ayyom – Qurbon hayiti bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

9-iyun — Xalqaro arxivlar kuni!

Barchangizni butun dunyoda arxiv jamoatchiligi tomonidan keng nishonlanadigan 9-iyun — “Xalqaro arxivlar kuni” bilan samimiy tabriklaymiz.

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo'lidagi sharafli va fidokorona faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyat yor bo'lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Adliya vazirligi bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaydi!

Farzandingizga beradigan eng yaxshi hadyangiz – vaqtingizdir!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimizda tinchlik va xotirjamlik bardavom, adolat hamisha barqaror bo'lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Hurmatli Mahalla tizimi xodimlari!

Sizlarni 22 mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Jamiyatda o'zaro hamjihatlikni mustahkamlash, ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash hamda oilalarda sog'lom turmush tarzini targ'ib etish yo'lidagi sharafli va fidokorona faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyat yor bo'lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni yangilanish va yasharish ayyomi, 21 mart – Navro'z bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Aziz ayollar!

Sizlarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Doimo e'tibor va e'tirofda, aziz va mukarram bo'lib yuring! Bayramingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Hurmatli Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari!

Bugun 4 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topganligi munosabati bilan Adliya vazirligi sohaga mas'ul barcha fidoyi xodimlarini muborakbod etadi.

Har kuningiz qanchalik xavf-xatarlarga to'la bo'lsa, kasbingiz shu qadar sharaflidir. Yurtimizning tinchligi, fuqarolarning farovon va ishonch bilan yashashi uchun eng kerakli soha vakillarisiz. Barchangizga ushbu yo'lda mustahkam sog'lik, takrorlanmas shijoat, kuch-g'ayrat tilaymiz.

Favqulodda vaziyatlarda barcha qiyinchiliklarni yengib o'tadigan jasorat Sizlarni hech qachon tark etmasin. Hamisha kasbingizdan faxr va e'zoz topib yuring.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Hurmatli davlat bojxona xizmati organlari xodimlari!

Sizlarni 26-yanvar – O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo'lidagi sharafli va fidokorona faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyat yor bo'lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Qadrli vatan himoyachilari!

Sizlarni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimiz tinchligi va farovonligi, osoyishta hayotini ko'z qorachig'idek asrab-avaylashdek sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar doimiy hamroh bo'lsin.

Ushbu qutlug' damda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik yor bo'lishini, xonadoningizdan fayzu baraka arimasligini tilaymiz.

Hurmat bilan, Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Hurmatli prokuratura organlari xodimlari!

Adliya vazirligi Sizlarni prokuratura organlari tashkil etilgan kun munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish yo'lidagi sharafli va fidokorona faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyat yor bo'lsin!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan 2024-yil bilan samimiy tabriklaymiz.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik tilaymiz.

Hurmat bilan, Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni 8-dekabr – Konstitutsiya kuni bilan tabriklaydi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Hurmatli tibbiyot xodimlari!

Avvalo, o'z hayotini shunday sharafli ishga bag'ishlagan Siz, azizlarni kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

Mamlakatimizda aholi salomatligini saqlash, oila va jamiyatda tibbiy madaniyatni oshirish, sog'lom avlodni dunyoga keltirish kabi davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalarni bajarishdagi fidokorona mehnatlaringiz yuksak e'tirofga loyiq.

Barchangizni qutlug' kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sog'liq, oilangizga totuvlik, inson salomatligini saqlashdek ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.center/huquqiyaxborot_lotin
Ещё