“Rahbar ayollar maktabi” maxsus malaka oshirish dasturining yangi mavsumi boshlandi
Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da “Rahbar ayollar maktabi” dasturi yangi mavsumining ochilish marosimi bо‘lib о‘tdi.
Prezident huzuridagi boshqaruv akademiyasining 4-mavsumiga о‘qishga qabul qilingan tinglovchilar ishtirokida tashkil etilgan dasturda Oliy Majlis a’zolari, Prezident Administratsiyasi vakillari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar mas’ullari ishtirok etdi.
Dasturning ushbu mavsumida davlat boshqaruvining turli sohalari va turli tizimlarda faoliyat olib borayotgan yuqori kasbiy salohiyatga ega, tashabbuskor 100 nafar xotin-qizlar saralab olindi.
Ushbu 4-mavsumda “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Xorazm hududiy filiali direktor о‘rinbosari S.G‘ayipova tinglovchi sifatida qabul qilinib, faol ishtirok etmoqda.
Facebook |
Telegram |
YouTube |
Instagram |
X |
het.uz