Смотреть в Telegram
#shoirlar_bolalarga QISH ZAVQI *** Zamin uzra yozib suprasin, Un elaydi osmon maydalab. Parday yumshoq harir ko‘rpasin To‘zg‘itadi shamol buydalab. Oppoq choyshab tashlab egniga, Dov-daraxtlar tinib uxlaydi. Dosh berolmay sovuq jangiga, Suvlar sathi qalin yaxlaydi. Ayoz – rassom, kirishar ishga, Tug‘iladi san’at asari. Bahor, gullar kiradi tushga, Ko‘ngillarga berib tasalli. Parvo qilmay qish – qahratonga, Zavqlanishar yayrashib biram. Sochilmoqda kumush zar tanga, Bolalarga chinakam bayram. *** Daryo, anhor muz qotgan, Daraxtlar o‘yga botgan. Qorong‘i tunlar sutday, Bilmam, qachon tong otgan. Zirillaydi oynalar, Shamol – bo‘ri uvillar. Sovuq ko‘cha aylanar, Ertak aytar buvilar. *** Chor-atrof sutday oppoq, Tunlar o‘xshar kunduzga. Yulduzlar siyrak, tarqoq, Oy parda tortgan yuzga. Ayoz otin qamchilar, Osmonga o‘rlar tutun. Yuz-qo‘llarni chimchilar, Chirsillar pechda o‘tin. Yo‘llar oyna – yaxmalak, Naqsh solar ko‘hna rassom. Tarnovlarda sumalak, So‘z ojiz ta’rif yozsam. *** Kapalaklar pirpirak, Shamollarga bir ermak. Uchar to‘zg‘ib parquday, Aytar ko‘hna qish ertak. Tegram to‘lar oqlikka, Bunday baxt yo‘q otliqqa. Yo‘lim oppoq marvarid, Qalb limmo-lim shodlikka. © Ravshan ISOQOV @gulxan_uzb
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств