Смотреть в Telegram
RANGIN RUHUNAT
Qor aralash uvladi shamol. Hilpiradi havo. Yulindi. Qismat bu dam — sog‘inching aro — Ming aylanib — qishga urildi. Jonni sovuq ayladi qamal — Bo‘ri dovul o‘radi — yovuz. Sensiz qishda qoldim beamal — Izilladim sog‘inchda yolg‘iz. Men chaqirdim: — Kel, yetdi zavol! Men qichqirdim — kimga? — elanib!.. Sarosima uvladi shamol — Tilka-pora qorga belanib… Kel! Borliging ketmoqda yiroq, Ko‘milmoqda armonlar izi — Pechkalarning taftidan mudroq Uyda sovuq qotgan azizim. Usmon Azim
Поделиться
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств
Запустить