📢Reklamangiz kanaldan o'chirib yuborilmaydi. Tarifiga qarab topda turib bo'lganidan keyin doimiy ravishda lentada qoladi.
♾Narxlar o'zgartirilmaydi. Aloqaga chiqqaningizda buni so'rab vaqtni behudaga ketkazmang. Shundoq ham eng maqbul narxlar tanlangan va bundan ortiq pasaytirib bo'lmaydi.
💲Agar ikkinchi bor bizdan reklama harid qilayotgan bo'lsangiz sizga 10% lik chegirma beriladi.
♻️Sizdan iltimos qilgan bo'lardikki aloqaga chiqqaningizda "Salom", "yaxshimisiz" degan gaplar bilan o'zingizni ham bizni ham vaqtimizni olmang. Darrov maqsadga o'ting
✅Tòlov click, payme orqali uzcard kartasiga amalga oshiriladi.
🕑Reklama kanalga joylanish vaqtini o'zingiz xohlagandek qilib beramiz. Istalgan vaqtni tanlashingiz mumkin faqat soat 20.00 gacha. Undan keyin reklama joylashtirilmaydi. Yoki qo'shimcha to'lov talab qilinishi mumkin.
❌Stavka haqidagi kanallarni, pornografik va norasmiy bo'lgan diniy kanallarni hech qanaqasiga reklama qilmaymiz.
❌Reklama postida yolg'on xabar yozilgan bo'lsa, (Falonchi o'lib qolibdi, Prezident falon farmonni imzolabdi va hokazolar) biz buni reklama qilmaymiz
❌Reklama posti tagida 2 tadan ortiq link knopka qo'yilsa reklama qilinmaydi.
❌Odamlarni podpiskaga ya'ni kanalingizga a'zo bòlishga majburlaydigan reklamalar ham qabul qilinmaydi.
❌Biz hech qaysi kanal bilan VP QILMAYMIZ. Qaytaraman biz VP QILMAYMIZ.
❌Shuningdek Muallif shunchaki o'zi xohlamagan kanalni izohlarsiz reklama qilmaslik huquqiga ega.
ERR - bu ko'rsatgich kanal obunachilari sonini bitta joylangan post prosmotrlari soniga nisbatini bildiradi. Maslahatimiz bu ko'rsatgich 50% dan kam bo'lgan kanallardan reklama sotib olmang.
TOP - bu reklamani qancha vaqt kanalni eng oxirgi joylangan postida turishini va uning ustidan boshqa post joylanmasligini bildiradi.
VP - bu ruschadan взаимо пиар so'zlarining bosh harfidan olingan va ko'rsatgichlari bir-biriga yaqin kanallar o'zaro reklama almashinuvini bildiradi.
Nakrutka - bu kanalni sun'iy ravishda botlar va mavjud bo'lmagan odamlar bilan obunachilari sonini ko'paytirish. Yodingizda bo'lsin bunda postlardagi prosmotrlar o'zgarmaydi va bilinib qoladi.
Prosmotr - bu kanalning joylangan bitta posti nechi kishi tomonidan ko'rilgani haqida ma'lumot beradigan ko'rsatgich
Prime Time - bu futbolga aloqador bo'lgan muhim kunlar. Masalan chempionlar ligasi bor kunlari, TOP-5 chempionati o'yinlari va markaziy bahslar payti, O'zbekiston terma jamoasining JCH saralashidagi o'yinlar vaqti, har xil musobaqalarga qur'a tashlash marosimi vaqtlari. Odatda bu paytda kanalning obunachilari juda aktiv tarzda kanalni kuzatib borishadi.
Reklamangizni FUTBOL MEMLARI ga joylash uchun 5 ta asosiy sabab
1:Yuqori aktivlik. Biz kanalni nakrutka qilmaganmiz va kanaldagi obunachilar soni bu haqiqiy odamlar. Ko'rib turganingizdek kanal ancha aktiv hisoblanadi. ERR qiymati 80% dan ortiqligi bunga yaqqol isbot
2:Qulay narxlar. Bunaqangi sifatli yuritiladigan kanallarda siz bunday chiroyli narxlarni uchratmaysiz. Shoshiling
3:Kanalda kunlik postlar kamligi. Biz kuniga 8-9 tagacha post joylaymiz holos. Boshqa kanallarda 30-40 tagacha post joylanadi. Bunda sizni reklamangiz shunchaki ko'milib ketadi. Bizda esa ko'p vaqt diqqat e'tiborda bo'lib turadi
4:Kuniga faqat 1 ta reklama olamiz. Ha biz uchun auditoriyamiz qadrli hisbolanadi va biz ularni reklamalar bilan bezdirib yuborish niyatimiz yo'q.
5:Biz boshqa kanallar bilan VP (o'zaro reklama almashuvi) qilmaymiz. Bu degani kanal obunachilari reklamalardan bezib qolmagan va sizning reklamangizga e'tibor qaratishlari ehtimoli boshqa kanallardagidan yuqoriroq.
Reklamasiz faoliyat yuritish xozirgi kunda imkonsiz. Mahsulotingiz yoki kanalingiz ming yaxshi va sifatli bo'lmasin uni odamlarga ma'lum qilmasangiz hammasi bekor. Siz uchun reklama maydoni sifatidaFUTBOL MEMLARIkanalini tavsiya etaman