Смотреть в Telegram
🟦🟦🟦🟦 O‘qituvchiga oson tutmang Rossiyalik olimning ilmiy ishida keltirilgan statistik ma’lumotlar: 🔹 O‘qituvchilar vaqtlarining 79 foizini tik oyoqda o‘tkazadilar; 🔹 Kuniga o‘rtacha 3,5-4 soat baland ovozda yoki juda baland ovozda gapirishlariga to‘g‘ri keladi; 🔹 Nominal ravishda o‘qituvchining ish kuni 6-7 soat davom etadi, lekin uning haqiqiy davomiyligi 10-12 soat; 🔹 O‘qituvchilarning 80 foizi vitaminlarning qisman yetishmasligidan aziyat chekadi, chunki ish haqi va ish tartibi to‘g‘ri ovqatlanishga imkon bermaydi; 🔹 O‘qituvchilarning 2/3 qismi doimiy stress ostida. Stressning eng yuqori darajasi - direktorlar va ularning o‘rinbosarlari orasida, o‘rtachadan yuqorisi - aniq fanlar, lingvistik fanlar va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari orasida; 🔹 O‘qituvchilar tarkibining o‘rtacha 85 foizini xotin-qizlar tashkil etadi, demak, ularning zimmasiga ta’lim yukidan tashqari uy yumushlari, bola tarbiyasi yuki ham tushadi; 🔹 O‘qituvchilarning 50 foizi kuniga sakkiz soat o‘rniga olti soatdan kam uxlaydi; 🔹 O‘qituvchilarning atigi 14 foizi ertalabki mashqlarni bajarishga imkon topadi; 🔹 Har beshinchi o‘qituvchi kuniga atigi ikki marta ovqatlanadi, har ikkinchisi - uch marta, holbuki kuniga to‘rt yoki besh marta yengil ovqatlanish to‘g‘ri deb hisoblanadi; 🔹 O‘qituvchilarning 80 foizi sanatoriy yoki dengiz bo‘yida hordiq chiqara olmaydi, aslida aynan shunday ta’til sog‘liqni to‘laqonli tiklaydi. 🤖Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar, testlar, oylik hisoblash botimiz 👉@ebazaga_bot ✅️Barcha fandan ish rejalar https://t.center/e_baza_ishreja https://t.center/+mi15W-aqCcFhOTIy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств