🟦🟦🟦🟦 O‘qituvchi 160% gacha ustama olishi mumkin, bilasizmi?
❓ Savol: Assalomu alaykum.Yoshim 53da. Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisiman. Toifam oliy. B+ darajadagi MSga ham egaman. Yanvar oyidan 50%lik ustama ham to‘lanar ekan. Savolim shunday: Bahorda bo‘ladigan 70% ustama uchun muddatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etsam, 50%lik MS ustamaga ta'sir qilmaydimi? Mabodo 86 balldan oshirsam, hammasi birgalikda 120% lik ustama olishim mumkinmi? Javob uchun oldindan rahmat
YURIST JAVOBI: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 yildagi 572-son qarori 6-1-bandiga ko‘ra 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish hamda sertifikat olgan pedagog kadrlarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq to‘lash amaliyotini joriy etildi.
✅ Bunda sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qo‘shimcha 70 foiz ustama oladi.
Misol uchun, oliy toifali biologiya o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha xalqaro sertifikati bo‘lsa — 50 foiz, direktor jamg‘armasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi. Shu tariqa uning umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming so‘mdan 12 million so‘mga yetadi.
❗️Shunga ko‘ra sizdagi vaziyatda ustamalarning barchasini to‘lashning alohida mezonlari borligi sababli ularning har biri to‘liq to‘lanadi.
🤖Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar,
testlar, oylik hisoblash botimiz
👉@ebazaga_bot
✅️Barcha fandan ish rejalar
https://t.center/e_baza_ishreja
https://t.center/+mi15W-aqCcFhOTIy