QACHON JAVOB QAYTARISH VA O‘ZINI HIMOYA QILISH KERAK, QACHON ESA YO‘Q
Svetofor qoidasi haqida gaplashamiz ❤️💛💚
Bola bilan muhokama qilamizki, vaziyatlarni uch rangga bo‘lish mumkin: qizil, sariq va yashil.
💚 Yashil vaziyatlar – hamma tinch bo‘lgan payt.
Kimdir tasodifan chegarani buzdi yoki bexosdan tegib ketdi. Balki tushunmay yoki odatga ko‘ra baqirib yuborgandir/yoki biror narsani tortib olgandir.
Bola javob beradi: “Bu menga yoqmayapti, bunday qilma. Iltimos, qaytar. Menga yoqmayapti, chetga chiq.”
Bola gapirdi – uni eshitishdi – muammo hal bo‘ldi.
💛 Sariq vaziyatlar – oddiy so‘zlar yordam bermagan payt.
Bolaga qattiq gapirishmoqda yoki zarar yetkazishyapti, u gapiryapti – lekin hech qanday reaksiya yo‘q. Nima qilish kerak?
YORDAM CHAQIRISH KERAK
So‘zlar yordam bermadi – kattalardan yordam so‘radi – vaziyat hal bo‘ldi.
❤️ Qizil vaziyatlar – hech narsa yordam bermagan payt.
Bola gapirdi, o‘z noroziligini va yoqimsizlikni bildirdi, yordam chaqirdi – lekin vaziyat o‘zgarmadi.
Agar bu haqiqatan og‘riqli yoki xavfli bo‘lsa, baqirish, urish, tishlash va har qanday yo‘l bilan o‘zini himoya qilish yoki tezda qochib ketish mumkin. Ayniqsa, agar xafa qiluvchi – kattalar bo‘lsa.
@detskaya_psixologiya_uzb