Qadrli prokuratura tizimi xodimlari!
Sizlarni 8 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni bilan muborakbod etaman.
Ta’kidlash joizki, bu bayram shaxs huquq va erkinliklari hamda jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishdek sharafli kasb egalarining bayrami.
Taraqqiyotimizning yangi bosqichida jamiyatda adolatni qaror toptirish, qonuniylikni mustahkamlash hamda inson huquqlarini himoya qilish yo‘lidagi fidokorona xizmatlaringiz, xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz yuksak e’tirofga sazovordir.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, amalga oshirayotgan g‘oyat mas’uliyatli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Z.Maxkamova, Bosh vazir o'rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi 🌐Veb sayt|🌐Facebook|🌐Instagram|🌐Youtube