Oʻlka bolsheviklari Turkiston muxtoriyati hukumatiga katta xavf deb qaradilar. Turkiston oʻlkasi ishchi, soldat va krestyan deputatlarining favqulodda 4-sʼyezdi (Toshkent shahri,1918-yil 19—26 yanvar)da muxtoriyatga munosabat masalasi asosiy oʻrinda turdi. Sʼyezd Turkiston muxtoriyati hukumati va uning aʼzolarini qonundan tashqari holda deb hisoblab, hatto vazirlarni qamoqqa olish haqida qaror qabul qildi. 1918-yil30-yanvarda Turkiston oʻlkasi XKS Turkiston muxtoriyatini tugatish uchun harbiy harakatlarni boshladi. Toshkentdagi bolsheviklar buning uchun qizil gvardiyachilar otryadlari va arman dashnoqlari drujinalaridan (qarang Dashnaksutyun) keng foydalandi. Milliy matbuotning yozishicha, 31-yanvar (yangi hisob bilan 13-fevral)da janglar boshlandi. Turkiston oʻlkasi XKS 1918-yil14-fevralda(yangi hisob bilan) Fargʻona viloyatida harbiy holat eʼlon qildi.
7-qism davomi bor…..
@Buyuk_Turkiston_Tarxi