Смотреть в Telegram
Butunjahon Nogironlik Masalalari Instituti Global Heumann Fellowship dasturiga qabul e'lon qildi. Bir yillik (2025-yil 1-iyuldan 2026-yil 30-iyungacha) ushbu dastur nogironligi bor shaxslar huquqlari targ'ibotchilari va faollari uchun mo'ljallangan.  Global Heumann Fellowship qanday dastur? Ushbu dastur turli jamiyatlarda nogironligi bor shaxslarning huquqlarini himoya qilish borasida faoliyat yurituvchi shaxslar va liderlarni qo'llab-quvvatlaydi, ishtirokchilarga tadqiqotlar olib borish, hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etadi.  Kimlar hujjat topshirishi mumkin? Nogironligi bor shaxslar;  Nogironligi bor shaxslar bilan yashaydigan shaxslar;  Nogironligi bor shaxslar huquqlarini himoya qilish yo'nalishida kamida uch yillik ish tajribasiga ega kishilar. Qanday talablar bor? ✔️ AQSH imo-ishora tilini yoki ingliz tilini bilish;  ✔️ Dasturda qatnashish uchun haftasiga 20 soat vaqt ajrata olish;  ✔️ Bakalavr darajasiga ega bo'lish; ✔️ Internet, kompyuter va masofadan ishlash ko'nikmasiga ega bo'lish; Qabul 28-fevralgacha davom etadi. Dastur onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ishtirokchilarga $20 ming miqdorida stipendiya va tadqiqot xarajatlarini qoplash uchun $10 ming miqdorida pul ajratiladi.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств