#SURXONDARYO_VILOYATI
⚡️JORIY TA’MIRLASH ISHLARIGA START BERILDI
✍️Mavsumiy yog‘ingarchiliklar natijasida yuzaga kelgan
tabiiy ofatlar davlat ahamiyatidagi D162 (4R104) “Qumqo‘rg‘on sh.-Kofurun q.-Boysun sh.” avtomobil yo‘lining ayrim qismlariga yillar davomida zarar etkazib kelmoqda. Ushbu nosozliklarni bartaraf etish, haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Surxondaryo viloyati AYBB va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan ta’mirlash ishlariga start berildi.
🇺🇿 Davlat ahamiyatidagi D162 (4R104) avtomobil yo‘lining Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan 0–12-kilometrlari oraliqidagi qismida joriy ta’mirlash ishlari boshlandi.
🗺Obyektning umumiy uzunligi 8 kilometr. Buyurtmachi Surxondaryo viloyati AYBB, pudratchilar Qumqo‘rg‘on, Bandixon va Uzun TYFDMlari.
⛔Hozirda
yo‘lning ushbu qismidagi mavjud eski asfalt qoplamasini buzib olish va chiqarib ketish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jarayonlar jadal olib borilyapti.
✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube 🌐 Website