👤 O‘zbek startapi Coozin CNN’ning "Marketplace Central Asia" dasturida taqdim etildi! 🍳Ma’lumot uchun ushbu loyiha "mahallabay" ishlash tizimi doirasida AloqaBank tomonidan
oshirilgan bo’lib, o‘z uyida tayyorlangan ovqatlarni sotish uchun mo‘ljallangan raqamli platforma. Loyiha mikro-ishbilarmonlar va mustaqil tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan.
🍔 Coozin yordamida xonadon bekalari o‘z uyida tayyorlagan ovqatlarini onlayn savdoga chiqara oladilar. Platforma ularni soliq qo‘mitasi va moliyaviy institutlar bilan integratsiya qilgan holda, elektron to‘lov va yetkazib berish tizimlarini ham taqdim etadi. Shuningdek, AloqaBank vendorlarga (platformaga a'zo bo'lgan tadbirkor ayol) bank hisoblarini ochishda va moliyaviy xizmatlardan foydalanishda yordam beradi.
⚡️ O‘quv dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:⚡️Kunlik menyu kartalar tuzish, foto va video materiallar tayyorlash, SMM va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha kompleks dastur;
⚡️Zamonaviy texnologiyalarga integratsiya qilishda yordam;
⚡️Mustaqil tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish va bank hisoblarini ochishda yordam;
⚡️Korporativ buyurtmalarni jalb qilib, raqamli kanallar orqali vendorlarni targ‘ib qilish.
🚀Mazkur e’tirof mahalliy startaplarimiz uchun faxrli lahza bo‘lib, O‘zbekistonning tadbirkorlik ekotizimining ulkan salohiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.
🌐 Aloqa LIVE