Смотреть в Telegram
#Izlam “YUZINGNI SIYPALAB, TARSAKI TUSHIRADIGAN SHE’RLAR” Do‘stimiz, Najmiddin Ermatovning “Turon sog‘inchi” to‘plamini mutolaa qilishni boshlar ekanman ko‘pchilik she’rlari, allaqachon, yod bo‘lib ketganini sezdim. Shoirimizning ijod namunalari bilan tanish bo’lmagan kitobxonlar kam bo‘lsa kerak. Ammo internetda, gazetada bitta-yarim she’rini kun-kunora uchratish bilan shoir ijodini bilaman deyish noto‘g‘ri ekanini bildim. Har qanday badiiy asarni kitob holida o‘qish uni yangitdan kashf etish demakdir. “Turon sog‘inchi kitobidagi she’rlar kompozitsiyasi sizga bir butun hissiyot ulashadi. Shoirning sevgi-muhabbat, visol va hijron kabi nekbin tuyg‘ularni ifodalagan she’rlarini o‘qib uning bir she’rida tasvirlanganidek “Osmonlarga yiqilib ketasiz… taningiz hissiyotlar dengizida kema yanglig‘ suzishni boshlaydi". Ko‘ksingizda g‘imirlagan bir narsani ya’ni “ko‘nglingiz borligini” sezasiz. Hissiyotlarga burkanib “boshdan oyoqqacha bus-butun yurak”ka aylanayotganingizni sezasiz. (Shu o‘rinda bir mulohaza tengdosh ijodkorlarimizning ko‘pchiligida kuzatganim. Ba’zi she’rlarning ilk satrlaridayoq o’ta bo‘yoqdor ifodadan foydalanadi. Masalan, Qonyaloq tusiga kiradi ufq, ko’zlarimni o‘y, ko‘ksimni yor, qontalash qalbim kabi . Bu o‘quvchini sovuq dengizga otib yuborishdek gap. Dengizga tanangizni ozgina ko‘niktirib tushmasangiz suzish rohatini bilmay qolasiz faqat sovuqni his qilasiz. O‘quvchiga ham bunday bo‘yoqdor so‘zni uning ruhiyati she’rdagi hissiyotga moslashtirib she’r xulosasi ularoq bildirish kerak chamamda. Ayrim so‘zlar esa bo‘yoqdor bo’lsada badiiy asar so‘zi emas. She’rning go‘zalligini so‘ndirib quyadi. Shuning uchun Ulardan foydalanmagan ma’qul menimcha. Yana to’g’risini yozg‘uvchi bilgusi) So’ng, ijtimoiy muammolarni yelkasiga ortib olgan “So‘rov”, “Ko‘k bo‘ri”, “Qo‘rboshilar qo‘shig’i”, “Ertak” kabi she’rlarni o‘qiysiz va yuzingizga qattiq tarsaki olgandik sergaklanasiz o‘zingizga “Menga qaranglar o‘lganim yo‘qmi”, deya savol berasiz. Ko‘zlaringiz chaqmoqdan yalt etadiyu, aqlingiz uyg‘onganini sezasiz. Ha, bu kitobni o‘qish sizga turli hissiyotlarni bag‘ishlaydi. Ma’naviy to‘yinasiz. Sanjar Eshmurodov https://www.facebook.com/share/p/pmCiJ8vNvUA3qTR8/?
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств