💬 8-mart uchun bayram pulini erkak xodimlar uchun ham bersa bo’ladimi?
✅ Ha, albatta mumkin. Bu korxona ichki lokal hujjatlariga bog’liq. Chunki, MK 67-moddasiga ko’ra, jamoa shartnomasining mazmunini va tuzilishini uning taraflari belgilaydi.
Aytaylik, korxona jamoa shartnomasida ish beruvchi tomonidan xodimlarga belgilangan tartibda tasdiqlangan smetalarga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasida nazarda tutilgan bayramlar munosabati bilan mukofotlash qoʼllaniladi deb yozilgan bo’lsa, 9ta bayram (ishlanmaydigan) kunlar munosabati bilan barcha xodimlar uchun (jinsidan qat’i nazar) mukofotlash qoʼllaniladi.
❗️Mehnat kodeksi 34-moddasiga ko’ra Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplaridan biri taraflar tomonidan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishning ixtiyoriyligi hamda taraflar o‘z zimmasiga olayotgan majburiyatlarning haqiqiyligi va ularni bajarishning majburiyligidir.
❗️Ish beruvchi jamoa shartnomasida ixtiyoriy ravishda majburiyatlar olganmi, demak, olingan majburiyatlarning haqiqatda bajarilishini ta’minlashi ham shart. Shuningdek, jamoa shartnomasi, jamoa kelishuvi majburiyatlarini buzganlik va bajarmaganlik mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi tariqasida baholanadi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi (Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bo’yicha javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
⚠️ Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, agar korxona ichki lokal hujjatlarida Mehnat kodeksining 208-moddasida nazarda tutilgan bayramlar munosabati bilan mukofotlash qoʼllaniladi deb yozilgan bo’lsa, erkak xodimlar uchun ham 8-mart bayrami munosabati bilan mukofot berilishi kerak.
🔔 Rasmiy ma'lumotlardan doimiy xabardor bo'lish uchun obuna bo’ling🔔
🔗 Telegram kanalimiz
🔗 Telegram gruppamiz