Смотреть в Telegram
Faqat dasturchilar emas... AI Inqilobi Endi Boshlanmoqda! Kecha Mark AI yaqinda Meta’ning o‘rta darajadagi muhandislarining ishini bajarishi mumkinligini ta'kidladi. Shu bilan birga, o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobillarning ommalashishi ham jadallashmoqda va bu transport sohasini o‘zgartirib yubormoqda. Biz boshlanishida turibmiz — misli ko‘rilmagan inqilob boshlanishi! AI ba'zi ish joylarini almashtirsa-da, tarix ko‘rsatganidek, har bir texnologik o‘zgarish yangi imkoniyatlarga yo'l ochadi, Masalan: - Elektr energiyasi shamlarni almashtirganda, butunlay yangi sohalar paydo bo‘ldi. - Kompyuterlar ish o‘rinlarini yo‘q qilmadi — ular ilgari tasavvur qilib bo‘lmaydigan imkoniyatlarni ochdi. AI orqali ham biz yangi imkoniyatlarga ega bo‘lamiz: - AI Engineer - AI modellariga aniq vazifalarni o‘rgatadigan mutaxassislar;; - Annotatorlar- katta hajmdagi ma'lumotlarni belgilash va tayyorlash ishlari ; - Prompt Engineer - AI yordamida qilinayotgan san'at, musiqa va kontent ishlab chiqarish kabi ijodiy sohalar gullab-yashnamoqda va hkz. AI nafaqat dasturchi va kod yozuvchilarga ta’sir qilmoqda — bu jarayon taksichilar, buxgalterlar, o‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari va boshqa ko‘plab sohalarni ham qamrab oladi. Texnologik blogerlar hozir bu haqiqat emasligini aytishayotgan bo‘lsa-da, esingizda bo‘lsin: innovatsiyalar har doim shubhalardan tezroq rivojlanadi. Bugun bu uzoq tuyulishi mumkin, ammo ertaga u tasavvur qilib bo‘lmaydigan imkoniyatlarni paydo bo'ladi. Ish o‘rinlarini yo‘qotish muammo emas — yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishi muhimdir. Shuning uchun moslashing, o‘rganing va oldinga intiling. Bu inqilob qo‘rquv emas, o‘sish imkoniyatini beradi. @adkham_zokhirov
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств