Noqonuniy qum shag‘al olish davom etmoqda➖Payariq Men Samarqand viloyati Payariq tumani “Navro‘z MFY” mahallasi Oqqo'rg'on qishlogi 77-uyda yashayman.
Biz “Navro‘z MFY” fuqorolari "Mamayev Ruslan Zamin Dalasi", STIR raqami (307810577) bo‘lgan fermer xo'jaligi va "BUNYODKOR UNIVERSAL TRANS" MChJ egasi EGAMBERDIYEV BARAT MAMAYEVICHning noqonuniy qum va shag'allarni “Navro‘z MFY” hududidan o'tgan Oqdaryo daryosi bo'yidan noqonuniy qazib olishi ustidan to’xtovsiz shikoyat qilib kelmoqdamiz.
Ammo QONUNBUZARLAR faoliyatiga nisbatan, kerakli choralar ko’rilmayapti.
Birinchidan: "Mamayev Ruslan Zamin Dalasi" fermer xo'jaligi va "BUNYODKOR UNIVERSAL TRANS" MChJ egasi EGAMBERDIYEV BARAT MAMAYEVICH “Navro‘z” mahallasi “Oqqorg’on va Qarri qishloqlari” pastidan o‘tgan “Oqdaryo” daryosi bo‘yida o‘z ish faoliyatini boshlagan. Ammo, bu korxona yillar mobaynida tosh, shag’al va qumni daryo yoni va o‘zanidan noqonuniy hamda qazish qoidalariga umuman amal qilmay chuqur qazilgani natijasida, “Oqdaryo” daryosi chetini kengaytirib, yer usti va osti suv oqimini sunniy ravishda o‘zgarilishiga, daryo bo‘yidagi “Oqqo‘g’on va O‘rastoy” qishloqlari aholisi toza ichimlik suvini yer ostidan qochishi sababli, ichimlik suvi yetishmay, yer osti suv oqimi keskin o‘zgarayotganligi, biz fuqarolarni qiynab qo‘ymoqda.
Bundan tashqari, “Oqqo‘g’on va O‘rastoy” qishloqlari daryoga suv ko‘p kelgan vaqtida o‘z uylari va yerlarini suv ostida qolib ketish xavfi ostida qolib ketmoqda.
Ikkinchidan: "Mamayev Ruslan Zamin Dalasi" fermer xo'jaligi va "BUNYODKOR UNIVERSAL TRANS" MChJ egasi EGAMBERDIYEV BARAT MAMAYEVICH, “Oqdaryo” daryosini hamda uni atrofidagi tabiatga, noqonuniy va litsenziyasiz faoliyat yuritgan holatida, juda katta zarar yetkazdi.
Nodir daraxtlar va butalar, tosh qazish qoidalariga umuman amal qilmagan holda tosh va qum qazish ishlarini amalga oshirib, qonun buzilishiga yo'l qo'yib tabiatga zarar yetkazib kelmoqda.
Shuningdek, Samarqand viloyati hokimi tashabusi bilan 4K501-“Choprashli q.-Toshbayrot q.” avtomobil yo‘lini 2024-yil 3-kvartilida asfalt qoplamasi bilan joriy tamirlash ishlari qilindi. Ammo hozirda "Mamayev Ruslan Zamin Dalasi" fermer xo'jaligi rahbarlarining “Oqdaryo” daryosi bo‘yida tosh, shag’al va qumni daryo yoni va o‘zanidan noqonuniy qazib tashishlari oqibatida, yangi tamirlangan asfalt qoplamasini buzilishiga va yo‘l bo‘yidagi uylar devorlari yorilib, tinch va to‘g’ri yashayotgan fuqarolarning uylariga jiddiy zarar yetishiga sabab bo‘lmoqda.
Va bu korxona tosh va shag’alni qayta ishlab chiqarishi hamda noqonuniy qazib olish jarayoni ham juda yuqori bo‘lgan, xalqni tinchligini buzuvchi shovqin chiqarmqda.
Uchunchidan: "Mamayev Ruslan Zamin Dalasi" fermer xo'jaligi, o‘z faoliyati mobaynida, Davlat va Xalq mulki bo‘lgan tosh, shag’al va qum manbalarini hech qanday litsenziya olmagan holida, o‘z faoliyatidan tashqariga chiqqan holda, shaxsiy moddiy boylik to‘plash maqsadida xalq va davlat haqqiga xiyonat qilib kelmoqda.
Ekologiya, Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishlari vazirligining Payariq tumani bo'limi bo'lim boshlig'i R.Kubayev, bo'lim xodimlari U.Nodirovlar tamonidan "BUNYODKOR UNIVERSAL TRANS" MChJ egasi EGAMBERDIYEV BARAT MAMAYEVICHning noqonuniy Qum va shag'allarni Navro'z MFY hududidan o'tgan Oqdaryo daryosi bo'yidan noqonuniy qazib olishi ustidan samarasiz reyd tadbirlari qilinmoqda.
M.Abduboqiyev👉 @Kusherbayevga_murojaat