Fotojurnalistman, biroq bu yerda aynan o'sha daqiqalardagi sezimlarim haqida yozib boraman. Eerkin... Istalgan mavzu, istalgan hislar, shaxsiy qarashlar.
Chegaralarsiz...
Bu esa kundalik kanal. Chegaralarsiz mazza qilib yozadiganim kanal. To’g’ri tushuninglar, surat qidirib kirgan bo’lsangiz fotoblogimga ulanishingizni tavsiya qilaman, rahmat! 💕💕
Yil boshida zemetkamga shuni yozib qo’ygan ekanman. Bu xabarni yozganimda na pulim bor edi na aniq bir rejam… 🩷
Lekin, Xudo yetkazdi, shukr! Demak reja va sarhisob qilishda davom etaverish kerak, yozilgan narsaning amalga oshish ehtimoli ko’p bo’ladi…
Xo’o’sh, 2024 nimalarga erishdim, nimalarni boy berdim?
1. 2 ta davlatga sayohat qildim. ✔️ 2. Suratlarim 5ta ko’rgazmada ishtirok etdi. ✔️ 3. Ilk bor jurnalist sifatida kasb bayramimda taqdirlandim. ✔️ 4. 1fit sotib olib sport bilan ozmi ko’pmi shug’ullanishni boshladim✔️ 5. Menimcha unumli ijod qildim✔️ Va sochimni bo’yadim😁 Bu orada akamni uylantirdim, opamni va Gulini erga berdim 😂
Erisholmadim 1. Sog’lum turmush tarziga🫣 2. Ijtimoiy tarmoqlarda faollikka. 3. Kitobxonlik darajam judayam tushib ketdi. Va bu yilda ham menga aql kirmadi) 🥲
Montajdan xabarim bor. Farobiy acamdemyning 3 oylik montaj kursida bir oy amallab o’qib keyin qochib ketganman😁) professional bilmayman va bunday sabr talab qiladigan ishlar mengamas🥲
O’tgan yili kasaba uyushmalarining sanatoriylar bo’limidan olgan edik. Hech qanday chegirmalarsiz, 9mln 800 bo’lgan 2 kishiga. Standart xona (hamma sharoiti bor), 12 kunlik davolanish xizmati.
Bu yil o’zlaring ishxonalaridan navbatda turib 50% lik imtiyoz bilan kelishdi. Yani 5 million qanchadir bo’ldi. Xuddi o’sha sharoit, o’sha xona.
Agar ota-onangiz davlat ishida ishlashmasa o’zingiz sotib olmoqchi bo’lsangiz kasaba uyushmalariga uchraysiz. Maxsus bo’limlari bor sanatoriylar bilan ishlaydigan. Menga bog’lansangiz to’liq tushuntirib yordam ham beraman.
Avvalo, niyatingizga yeting! Havas qilganingizdan ko’prog’iga erishing. 🫠