Yil boshida zemetkamga shuni yozib qo’ygan ekanman. Bu xabarni yozganimda na pulim bor edi na aniq bir rejam… 🩷
Lekin, Xudo yetkazdi, shukr! Demak reja va sarhisob qilishda davom etaverish kerak, yozilgan narsaning amalga oshish ehtimoli ko’p bo’ladi…
Xo’o’sh, 2024 nimalarga erishdim, nimalarni boy berdim?
1. 2 ta davlatga sayohat qildim. ✔️
2. Suratlarim 5ta ko’rgazmada ishtirok etdi. ✔️
3. Ilk bor jurnalist sifatida kasb bayramimda taqdirlandim. ✔️
4. 1fit sotib olib sport bilan ozmi ko’pmi shug’ullanishni boshladim✔️
5. Menimcha unumli ijod qildim✔️
Va sochimni bo’yadim😁
Bu orada akamni uylantirdim, opamni va Gulini erga berdim 😂
Erisholmadim
1. Sog’lum turmush tarziga🫣
2. Ijtimoiy tarmoqlarda faollikka.
3. Kitobxonlik darajam judayam tushib ketdi.
Va bu yilda ham menga aql kirmadi) 🥲