View in Telegram
Mukofot Farzandlarim darslarini yaxshi o‘zlashtirsalar, uy vazifalarini vaqtida bajarsalar har oyning oxirida yoki bo‘lmasa har chorak yakunida ularning kayfiyatlarini ko‘tarish, dam olishlari uchun hayvonot bog‘igami, muz saroyigami, sayilgohgami yoki bo‘lmasa oilaviy boʻlib biror tamaddixonaga boramiz. Maza qilib hordiq chiqaramiz. Farzandlarim shunga odatlanishgan. Darslarini o‘z vaqtida bajarishadi. Hadeb “Darsingni qil" deyaverishga hojat yo‘q. Agar yilni a’lo baholarga tamomlasalar kattaroq mukofot va’da qilaman. Lekin va’dam shunday qolib ketmaydi. Ular bundan juda xursand bo‘ladilar. Shu bilan birga doimiy ravishda nazoratda, kuzatuvimda bo‘lishadi. 📚“Farzand tarbiyasida 700 saboq” kitobidan @RahimovSchool
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily