🤩Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari mutaxassislari, bitiruvchi oʻquvchilarning xalqaro taʼlim grantlari, jahonning nufuzli oliygohlari, ularga hujjat topshirish tartibi, imtihon shartlari borasida bilimlarini oshirish maqsadida turli formatdagi muloqotlar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Ayni yoʻnalishdagi navbatdagi muloqot Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi (YTB) bilan ZOOM platformasi orqali hamkorlikda oʻtkazildi.
Unda ishtirok etgan Agentlik tizimidagi maktab maslahatchilari Turkiyaning nufuzli oliygohlarida oʻqish imkoniyatini beruvchi taʼlim grantlari yuzasidan batafsil maʼlumot oldi.
Avvalroq Agentlik rahbariyati va Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi (YTB) vakillari oʻrtasida muzokaralar olib borilgan edi.
Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilari Turkiyaning Istanbul, Izmir, Onadoʻli universitetlari kabi nufuzli oliygohlarida ham 100 foizlik grant asosida taʼlim olmoqda.
😉Raqamli Avlod IT Oromgohi 2025 Qishki mavsumi o'z nihoyasiga yetdi
🎁 IT oromgoh qishgi mavsumi doirasida 150 dan ortiq o'quvchilarga offline hamda 4000 dan ortiq o'quvchilarga online tarzda dars mashg'ulotlari tashkillashtirildi. IT oromgoh yakunida faol qatnashgan o'quvchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
FAN OLIMPIADALARI MARKAZIGA MUROJAAT VA TAKLIFLAR TELEGRAM-BOTI YARATILDI ✅Fan olimpiadalari markaziga taklif va tavsiyalar telegram-boti ishga tushirildi.
🔵Endilikda siz oʻz murojaat va takliflaringizni toʻgʻridan-toʻgʻri soha vakillariga ushbu telegram-bot orqali yoʻllashingiz mumkin.
🦠Har bir murojaat va taklif roʻyxatga olinib, oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
✅Avval xabar qilinganidek,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi delegatsiyasi aʼzolari umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini takomillashtirish boʻyicha Buyuk Britaniyaning Kembrij shahrida tashkil etilgan oʻquv-seminarlarida ishtirok etib qaytishdi.
⭕️ Ayni vaqtda ushbu treninglar mazmun-mohiyatini yurtimizdagi soha mutaxassislariga yetkazish maqsadida oʻquv-seminarlari boʻlib oʻtmoqda.
Unda mutaxassislar:
➖oʻquv dasturida uzviylik va muvofiqlikni taʼminlash; ➖ oʻquv maqsadlarini belgilashda aniqlik va moslashuvchanlik; ➖ oʻquv maqsadlarining rivojlanib borishini toʻgʻri shakllantirish; ➖ fanlararo integratsiya; ➖ oʻquv dasturlarini takomillashtirishda mahalliy ehtiyoj, anʼanalar hamda xalqaro standartlarni tahlil qilish kabi oʻquv sessiyalarida ishtirok etishmoqda.
👉 Joriy yilning 15-yanvar kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan ushbu oʻquvlar oʻquv dasturlarini takomillashtirish boʻyicha Kembrij tashkiloti bilan olib borilayotgan keng hamkorlik ishlarining uzviy qismi hisoblanadi.